Shal aqin (tuman)
Shal aqin tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi maʼmuriy hudud. 1928-yil 3-sntyabrda asos solingan. Markazi — Sergeevka shahri. Tuman maydoni 4,84 ming km². 2011-yil 1-yanvarda aholisi 22,216 kishini tashkil qildi. Aholining zichligi 5,4 kishi/km².
Tarixi
1928-yili Shal aqin tumanining hozirgi hududida Rikov va Toʻnkeris tumanlari tashkil topdi. 1930-yili Toʻnkeris tumaniga Rikov tumanining yarim hududi qoʻshildi. 1940-yili tuman nomi oktabrskiy boʻlib oʻzgartildi, 1963-yilda esa Sergeev va 1999-yilgi 15-dekabrda Shal aqin tumani boʻlib qayta nomlandi.
Geografiyasi
Viloyat markazi Petropavlovsk shahridan tuman chegarasigacha 138 kilometr, Sergeevka shahrigacha 174 kilometr. Shimoliy tomonidan — Jambul, gʻarbiy tomonidan — Yesil, sharqiy tomonidan — Timiryazev, Janubidan esa Ayirtav va Musirepov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Yesil daryosi oqib oʻtadi, uning yoqasida Sergeev suv ombori joylashgan.
Aholisi
Tuman aholisi 2011-yilgi statistika boʻyicha 22,216 kishini tashkil qildi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi,
tuman aholisining milliy tarkibini quyidaga jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2010-yil 1-yanvar):
Manbalar
uz.wikipedia.org