Shakira




Shakira Isabel Mebarak Ripoll (talaffuzi Shakira Izabel Mebarak Ripol; 1977-yil 2-fevralda tugʻilgan) kolumbiyalik qoʻshiqchidir. U Barrankilya shahrida tugʻilib oʻsgan. 13 yoshida Sony Music Colombia studiyasi bilan shartnoma imzolagan. Magia (1991) va Peligro (1993) nomli ikki albomi muvaffaqiyatsizligidan soʻng, Shakira Pies Descalzos (1995) va Dónde Están los Ladrones? (1998) albomlari bilan Lotin Amerikasi mamlakatlarida mashhurlikka erishdi. 2001-yilda Laundry Service (2001) nomli ingliz tilidagi albomini ommaga havola etdi. Albom uning beshinchi studiyaviy albomi boʻlib, umumjahon boʻylab 10 milliondan ortiq nusxada sotildi.

Shakiraning muvaffaqiyati Fijación Oral, Vol. 1 (2005), Sale el Sol (2010) va El Dorado (2017) nomli ispan tilidagi albomlari bilan yanada mustahkamlandi, albomlarning barchasi Billboard Top Latin Albums hit-paradida choʻqqiga erishdi, hatto olmos sertifikatini qoʻlga kiritdi. Uning ingliz tilidagi Oral Fixation, Vol. 2 (2005), She Wolf (2009) va Shakira (2014) albomlari ham koʻplab mamlakatlarda oltin, platina va multi-platina sertifikatiga loyiq koʻrildi. Shakira ijrosidagi „La Tortura“, „Hips Donʼt Lie“, „Beautiful Liar“, „Waka Waka (This Time for Africa)“, „Loca“ va „Chantaje“ kabi ashulalar koʻplab mamlakatlar hit-paraddlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi. Bundan tashqari, u The Voice (2013-2014) nomli teleshouning ikki mavsumida murabbiy oʻlaroq ishtirok etdi.

Shakira shu kungacha umumjahon boʻylab 80 million oshiq audioyozuv sotdi va bu uni hamma vaqtlarning eng koʻp audioyozuv sotgan sanʼatkorlaridan biriga aylantirdi. Forbes Colombia jurnaliga koʻra, u hamma vaqtlarning eng koʻp albom sotgan lotin artisti hisoblanadi. Shakira koʻplab yutuqlarga, uch marta Grammy Awards, oʻn ikki marta Latin Grammy Awards, toʻrt marta MTV Video Music Awards, yetti marta Billboard Music Awards va oʻttiz toʻqqiz marta Billboard Latin Music Awardsga sazovor boʻldi, olti marta Guinness rekordlar kitobiga kirdi. Shuningdek, u Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduziga egadir.

Hayoti



Bolaligi



Shakira Isabel Mebarak Ripoll 1977-yil 2-fevral Kolumbiyaning Barrankilya shahrida William Mebarak Chadid va Nidia Ripoll Torradoning oilasida dunyoga kelgan. Shakira kelib chiqishiga koʻra, kolumbiyalik va livanlik ajdodlarga mansubdir. Otasining kelib chiqishi Livandan New Yorkka koʻchib kelgan migrantlardan hisoblanadi. Onasi — kolumbiyalik. Shakira (arabcha: شاكرة) ismi arab tilidan tarjima qilinganda „yaxshilik va chiroyga toʻla ayol“, hindida esa — „yorugʻlik maʼbudasi“ degan maʼnoni anglatadi. Shakira oilada oxirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Barrankilyada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi — San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Shakira musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Shakira oʻqishni va yozishni bilar, 4 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy taʼlim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shakira sheʼrlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʼdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Shakiraning bolaligidan eng sevimli raqsi bu — qorin raqsidir. Faqat 8 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi taʼsiri ostida „Sening qora koʻzoynaklaring“ (Tus gafas oscuras) qoʻshigʻini yozadi.

Faoliyati



Musiqiy karyerasi




Oʻzining birinchi albomi — „Magia“ni Shakira 13 yoshida, Sony Discos bilan shartnoma imzolab yozadi. Shakirani har doim rokka tortar edi, ammo Sonyning produserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladi deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi — „Peligro“ (Havf) ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolagan Sony Discos ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Shakira esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi. 1995-yili prodyuser Luis Fernando Ochoa qoʻli ostida chiqarilgan „Pies descalzos, suenos blancos“ (Yalang oyoqlar, yuksak orzular) albomi Shakiraga ona yurtida hamda ikkala Amerika qitʼasida shuhrat olib keladi. Albom pop-rok va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 4 million nusxa bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski „Dónde Están Los Ladrones?“ (Oʻgʻrilar qayda?) ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Shakira 2001-yili Whenever, Wherever tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u Wycleaf Jean bilan birgalikda yozilgan Hips Donʼt Lie singli bilan birinchi marotaba Billboard Hot 100ning choʻqqisiga chiqadi.

Aktrisalik karyerasi



Shakira 1994-yili Kolumbiyada „El Oasis“ televizion serialida Luisa-Mariya rolini ijro etadi.

Shaxsiy hayoti



2000-yili Shakira oʻsha paytda Argentina prezidentining oʻgʻli Antonio de la Rúa bilan uchrashishni boshladi. 2001-yil martida Antonio unga turmushga chiqishni taklif etadi. Juftlik 2007-yili toʻyini oʻtkazishni planlashtirgan. Shakira futbolchi Gerard Piquéga turmushga chiqdi. 2013-yilda Milan ismli oʻgʻli dunyoga keldi. 2015-yilda Sasha ismli oʻgʻli dunyoga keldi.

Xayriya faoliyati



1997-yili Shakira „Fundación Pies Descalzos“ (Yalang oyoqlar fondi) xayriya tashkilotiga asos soladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishi Kolumbiya va Lotin Amerikasining boshqa davlatlarining kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan bolalar uchun maktablarni sponsorlash. Yana Shakira ALAS (Artistas Latinos En Acción Solidaria) fondining ilhomlantiruvchisi boʻldi. Bu fondga 2006-yili asos solingan boʻlib, unga Alejandro Sans, Juanes, Miguel Bose va boshqalar aʼzodirlar. Shakira, shuningdek, UNICEFning eng yosh elchisidir.

Diskografiya



Studiyaviy albomlar




Konsert albomlari




Termalar




Turnelari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz