Shake It Off
„
Shake It Off “ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 1989 nomli beshinchi studiyaviy albomiga asosiy singl oʻlaroq kiritilgan. 2014-yilning 19-avgustida Internetda eʼlon qilingan. Swift qoʻshiq soʻzlarini Max Martin va Shellback bilan birgalikda yozgan. „Shake It Off“ dans-pop janridagi qoʻshiqdir. Qoʻshiq matnida Swiftning unga nisbatan salbiy fikrda boʻlgan tanqidchilariga beparvoligi haqida soʻz boradi.
Tarona musiqa tanqidchilari tomonidan aralash baholangan. 2010-yillarning eng yaxshi ashulalarini aniqlash maqsadida NME va Consequence nashrlari tomonidan tuzilgan roʻyxatlarda mos ravishda 19- va 38-oʻrinlarni egallagan. Billboard Hot 100 chartida toʻrt hafta davomida birinchi pogʻonagani egallab turgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan olmos sertifikati bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, „Shake It Off“ Avstraliya, Kanada, Meksika, Polsha, Vengriya va Yangi Zelandiya chartlarida ham birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona AQShda 2014-yilga qadar Internetda 3.43 million nusxada sotilgan.
Qoʻshiq uchun Mark Romanek rejissorligida klip suratga olingan. Suratga olish ishlari Los Angeles shahrida boʻlib oʻtgan. Klipda Swift bir qancha raqs harakatlarini bajarishga harakat qilayotgan besoʻnaqay odam oʻlaroq tasvirlangan. Swift qoʻshiqni targʻib qilish maqsadida uni MTV Video Music Awards va iHeartRadio Music Festival taqdirlash marosimlarida ijro etgan. Tarona koʻplab yutuqlarga, jumladan „Sevimli qoʻshiq“ (inglizcha: Favorite Song) nominatsiyasida People's Choice Award, „Yil yozuvi“ (inglizcha: Record of the Year), „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year) (Sam Smith ijrosidagi „Stay with Me“ qoʻshigʻiga yutqazgan) va „Eng yaxshi yakkaxon pop-ijro“ (inglizcha: Best Pop Solo Performance) (Pharrell Williams ijrosidagi „Happy“ qoʻshigʻiga yutqazgan) nominatsiyalarida Grammyga nomzod boʻlgan.
Chartlar
Haftalik
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org