Shakar moddasi




Qand , qand moddasi, shakar moddasi — uglevodlar (monosaxaridlar va oligosaxaridlar) sinfining quyi molekulali vakillari. Suvda yaxshi erishi va kristallanishi Q. moddasining oʻziga xos xususiyati hisoblanadi. U qaysi manbadan ilk bor olingan boʻlsa, oʻshaning nomi bilan ataladi. Mas, glyukoza — uzum qandi, laktoza — sut qandi, maltoza — solod qandi, saxaroza — shakarqamish yoki lavlagi qandi. Q. moddasi deganda Q boʻlmagan tabiiy va sintetik monosaxaridlar ham tushuniladi. Bunday moddalar odatdagi Q. moddasidan oʻziga xos tomonlari bilan ajratadi. Ularning molekulasida gidroksil guruh (—ON) oʻrniga boshqa guruh, mas, vodorod atomi (dezoksisaxar), aminoguruh N11, (aminosaxar), merkaptoguruh §N (tiosaxar) va h.k. boʻladi; tarmoqdangan uglerod skeleti (tarmoqlangan Q. moddasi) yoki 7 va undan koʻp atomdan iborat utlerod zanjiriga (yuqori Q. moddasi) ega; qoʻshimcha kislorod gutuvchi sikli (angidrosaxar) yoki qoʻshaloq uglerod bogʻi (toʻyinmagan Q. moddasi) boʻladi. Mikroorganizmlar turlituman "qand boʻlmagan" Q. moddasiga boy manbadir. Koʻpchilik tabiiy Q. moddalarining strukturasi kimyoviy sintez yoʻli bilan aniqlangan (yana qarang Uglevodlar).

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz