Shajarayi Tarokima
"Shajarayi Tarokima" ("Turkmanlar shajarasi") — tarixiy asar, muallifi oʻzbek tarixchisi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan (1661).
Asarda Odam-ato haqidagi diniy xarakterdagi afsonalar, oʻgʻuz-turkmanlar haqidagi maʼlumotlar hamda real asosga ega bulgan voqealar bayon qilingan. Obida turkiy kabilalar, xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlari bilan qimmatlidir. Unda barcha turkiy qabilalarning afsonaviy hukmdori Oʻgʻuzxon va uning avlodlari tarixi, shuningdek, turkman urugʻlari — solur, taka, boyandur, tevagi, yovmut, Xizr eli, Ali eli, sariq, ersari, yozir va boshqalarning genezisi xususida qisqa maʼlumotlar berilgan.
Manbaning tanqidiy matni, rus tiliga tarjimasi va ilmiy tadqiqi 1958-yil akademik A.N.Kononov tomonidan chop etilgan. Asar 1992-yil joriy alifboda Toshkentda nashr qilindi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org