Shahzodbek Sobirov




Shahzodbek Sobirov ( 1993-yil 29-may, O'zbekiston ) — o‘zbek dzyudochisi, 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etadi. XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, dzyudo bo‘yicha Gran-pri bosqichlari g‘olibi, dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibi.

Sport faoliyati



2013-yilda Bangkokda (Tailand) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 81 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib,  birinchi raundda Shri-Lanka dzyudochisi Laxman Senevairatneni mag‘lubiyatga uchratgan, ammo keyingi bosqichda Koreya Respublikasi vakili Xong Suk Vunga imkoniyatni qo‘ldan boy berdi, koreyalik dzyudochi turnir yakunida g‘olib chiqdi .

Sobirov 2014-yilda dzyudo bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkazilgan Gran-pri bosqichida bronza medaliga sazovor bo‘ldi . 2015-yilda Parijda (Fransiya) dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirida 81 kilogrammgacha vazn toifasida u finalda rossiyalik dzyudochi Sergey Ryabovni mag‘lub etadi .

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 81 kilogrammgacha vazn toifasida fijilik dzyudochi Josateka Nauluni birinchi bahsda mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bosqichda u AQSH vakili Trevis Stivens bilan to‘qnashdi, lekin uni mag‘lub eta olmadi va shu bois Olimpiya o‘yinlaridagi faoliyatini yakunladi . Toshkentdagi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida u bor-yo‘g‘i yettinchi o‘rinni egalladi.

2017-yilda Tbilisida (Gruziya) dzyudo bo‘yicha Gran-pri bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi . Gonkongda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida 90 kilogrammgacha vazn toifasida u bronza medali uchun kechgan jangda yaponiyalik dzyudochi  Syoitiro Mukayga yutqazib, atigi beshinchi o‘rinni egalladi. 2018-yili Jakarta (Indoneziya) shahridagi Yozgi Osiyo o‘yinlarida 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida u chorak finalda mo‘g‘ulistonlik dzyudochi Gantulgin Altanbaganaga yutqazdi. Tasalli raundida u avvaliga livanlik Nachif Eliasni mag‘lub etgan bo‘lsa, keyin esa yaponiyalik Olimpiya chempioni Masya Beykerga imkoniyani qo‘ldan boy berib qo‘ydi. Bellashuv nihoyasidabor-yo‘g‘i beshinchi o‘rinni oladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz