Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti




Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti (arabcha: مطار الأمير نايف بن عبدالعزيز الدولي) (IATA: ELQ , ICAO: OEGS ), sobiq Qosim xalqaro aeroporti , Saudiya Arabistonining Burayda shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport hisoblanadi. Aeroport Buraydaning chetidagi Mulayda shaharchasida joylashgan. Saudiyaning sobiq valiahd shahzodasi Naif bin Abdulaziz sharafiga nomlangan va birinchi navbatda, qirollikning shimoliy viloyatlariga xizmat qiladi. Xalqaro yoʻnalishlar 9 ta davlat bilan cheklangan: BAA, Misr, Bahrayn, Ozarbayjon (mavsumiy), Bosniya va Gerzegovina (mavsumiy), Qatar, Kuvayt, Pokiston va Turkiya. 1964-yilda tashkil qilingan aeroport Matarat Holding Company tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi. Saudiya podshohi Abdulloh ibn Abdulazizning 2012-yil 5-iyuldagi qirollik farmoni bilan sobiq valiahd shahzoda Naif bin Abdulaziz xotirasiga bagʻishlab uning nomi berilgan.

Oʻsha paytda valiahd shahzoda hamda mudofaa va aviatsiya vaziri boʻlgan shahzoda Sulton 2003-yilda aeroportdagi qirollik terminalini kengaytirish loyihasini boshladi. Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi 1964-yildan beri kengaytirish loyihalariga 300 million riyoldan ortiq mablagʻ sarfladi va aeroport Saudiya Arabistonining markaziy mintaqasidagi asosiy aviatsiya markazi sifatida oʻz mavqeini mustahkamlab, yanada kengayishda davom etmoqda.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar




Baxtsiz hodisalar va falokatlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz