Shahzoda Abdulloh Al-Faysal stadioni




 

Shahzoda Abdulloh Al-Faysal stadioni (arabcha: استاد الأمير عبدالله الفيصل) Saudiya Arabistonining Jidda port shahridagi stadion.

Tavsifi



Stadion Jidda shahrining janubi-sharqida, Qirol Abdulaziz universiteti va sanoat shahri (Al Vaziriya tumani) oʻrtasida joylashgan. U sharqda Jidda-Makka avtomagistrali va janubda Stadion koʻchasi bilan tutashgan.

Stadion 1970-yilda qurilgan boʻlib, 27 000 tomoshabinni sigʻdira oladi. Stadion yopiq arena va suv sporti markazini oʻz ichiga olgan shahar sport majmuasining bir qismi hsioblanadi.

Stadion ikkita asosiy tribunadan iborat. Yopiq gʻarbiy stend toʻliq va markaziy tribunada yopiq VIP oʻrindiq va media-oʻrindiqlarga ega. Arka shaklidagi sharqiy stend ayvonli boʻlib, yugurish yoʻlagi boʻylab egilgan. Sharqiy tribunaning shimoliy chekkasida bitta katta hisoblagich joylashgan.

Stadion sigʻimi 20000 tomoshabinga kamaytirilib, 2009-yilda oʻtirmaydigan va tik turib kuzatiladigan joylar olib tashlandi.

Stadiondan „Al-Ittihod“ va „Al-Ahli Saudi“ klublari uy oʻyinlarida foydalanadi.

Stadion 2023-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining bir necha oʻyiniga mezbonlik qiladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz