Shahzod Ubaydullayev




Shahzodbek Umid oʻgʻli Ubaydullaev (oʻzbekcha: Шаҳзод Умид оглы Убайдуллаев ;2-mart, 1998-yil, Kosonsoy, Namangan viloyati) — oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ klubi hujumchisi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati



Andijon



Ubaydullayev „Mashal“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2018-yilning iyul oyida „Andijon“ klubiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 2019-yil 8-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. U klubdagi debyut golini 2019-yilning 18-aprel kuni „Nasaf“ klubiga qarshi o‘yinda kiritgan. 2019-yilning 2-oktyabr kuni „Surxon“ klubiga qarshi o‘yinda futbolchi ilk dublini qayd etdi. Mavsum davomida oʻzini klubning asosiy tarkib oʻyinchi boʻlib oʻynadi va oʻz hisobiga 9 gol va golli uzatma yozdirib qoʻydi. Mavsum oxirida esa klubni tark etdi.

Metallurg Bekobod



2020-yilning yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 2020-yilning 29-fevralida AGMK klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘sha oʻyinda futbolchi birinchi golli uzatmasini ham amalga oshirdi. Debyut golini 2020-yil 15-iyun kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi o‘yinda kiritdi. 2020-yil 2-iyul kuni „Buxoro“ klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va golli uzatma ham bergan. Futbolchi mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylanib, barcha musobaqalarda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shakhtyor Soligorsk



2021-yil yanvar oyi boshida futbolchi Belarusning „Shaxtyor“ klubiga 150 ming yevro evaziga o‘tishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. 2021-yilning yanvarida futbolchi rasman „Shaxtyor Soligorsk“ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi taxminan 123 ming yevroni tashkil qildi. U klubdagi debyutini 2021-yil 7-mart kuni Belarus kubogi doirasida Neman Grodnoga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va oʻsha oʻyinda debyut golini urdi. Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2021-yil 13-mart kuni Minskka qarshi o‘tkazdi. U klub safida barcha musobaqalarda atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2021-yilning aprelidan boshlab asosiy tarkibda kam maydonga tusha boshladi.

Energetik-BGU da ijara



2021-yilning mart oyida futbolchi faoliyatini Energetik-BGUda ijara asosida davom ettirishi haqida ham maʼlumot paydo boʻldi. 2021-yil iyul oyida futbolchi mavsum oxirigacha Energetik-BGUga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2021-yil 17-iyulda Smorgonga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U klubdagi debyut golini 2021-yil 22-avgust kuni BATE Borisovga qarshi o‘yinda kiritdi. Mavsum yakunida u klub safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021-yilning dekabrida ijara shartnomasi yakunlangach, u klubni tark etdi.

Neftchida ijara



2022-yilning fevral oyida futbolchi Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2022-yilning 2-mart kuni "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘zining debyut golini ham kiritdi. Klubning asosiyt arkibidan joy oldi. Mavsum yakunida futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ijara muddati tugagach klubni tark etdi. 2023-yil yanvar oyida „Shakhtyor Soligorsk“ matbuot xizmati futbolchining klubga qaytgani va u bilan yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshlagani haqida xabar berdi. Chempionatdagi ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-mart kuni Novopolotskning „Naftan“ klubiga qarshi o‘tkazdi.

Xalqaro



Ubaydullaev 2020-yil 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.

2020-yil 3-sentyabr o‘tkazilgan o‘yindagi aniq statistika.

Xalqaro oʻyinlar



Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.

Yutuqlar



Klub



Andijon

Shaxtyor Soligorsk

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz