Shahrukh Khan
Shah Rukh Khan (hindcha: शाहरुख़ ख़ान, urdu: شاہ رخ خان, [ʃaːɦ.ɾʊx.xaːn]; talaffuzi: Shohrux Xon; 1965-yil 2-noyabrda tugʻilgan) hindistonlik aktyor, prodyuser va ssenariynavisdir. „Bollywood qiroli“ taxallusi bilan tanilgan. Khan bugunga qadar 90 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.
Biografiyasi
Shah Rukh Khan 1965-yil 2-noyabrda Dehlida advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Khan peshovaralik boʻlib Nyu-Dehliga koʻchib borgan edi.
Shah Rukh Khan oʻrta maktabni tamomlab, Hansraj kolleji (1985-88) da iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil oladi. 1988-yilda Hansrajni tamomlagach, Jamia Millia Islamia universitetida ommaviy kommunikatsiya yoʻnalishida magistraturani oʻqishni boshlaydi, ammo qiziqishi tufayli aktyorlik kasbini tanlab, oʻqishni tashlab ketadi.
Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Mumbayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktyabr kuni, Shah Rukh Khan Gauri Chhibberga uylandi. Hozirda ularning uch farzandi bor. Ularning ismi: Aryan Khan, Suhana Khan va Abram Khandir.
Shah Rukh Khan nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda eng boy aktyorlardan biri hisoblanadi. Uning boyligi 2020-yilning yarmigacha hozirda $687 millionni tashkil qilmoqda.
Faoliyati
Khan 1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktyor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Deewaana“ (oʻzbekcha: Telba muhabbat) filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi.
1993-yilda u ikki salbiy rollari uchun — „DARR“ (Qoʻrquv ostida yashash) va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi.
1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.
Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“ (oʻzbekcha: O'g'irlanmagan kelin) filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil etdi. Ushbu film 25 yil kinotetrlarda namoyish qilindi va Guinness rekordlar kitobiga kirdi. Keyinchalik eng yaxshi aktyor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Khan“ (oʻzbekcha: Mening ismim Xon) filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23-martda qoʻlga kiritgan.
Filmografiyasi
Ssenaristlik qilgan filmlari
Televideniyedagi faoliyati
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org