Shahriston dovoni




Shahriston dovoni - Turkiston tizmasidagi dovon. Shdlan Xoʻjand— Dushanba trakti oʻtadi (Tojikiston). Dovon atrofi gersin burmalanishi davrida hosil boʻlgan, paleozoyning slanets va ohaktoshlaridan tuzilgan. Eng baland joyi 3378 m. Dovon orqdli Ustrushona shahri va Ayniy qishlogʻini (Zarafshon vodiysida) birlashtiruvchi trakt oʻtadi. Shahriston dovonida qish sovuq va uzoq davom etadi, yozi qisqa va salqin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 10,3°, yanvarniki —11,4°. Yiliga 339 mm yogʻin yogʻadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz