Shahriston
Shahriston — Sharqda oʻrta asrlarda shaharlarning markazi, mudofaa devori bilan mustahkamlangan asosiy qismi.
Saroy (baʼzan ark), jome masjid, yopiq (tim) yoki ochiq bozor, bosh maydon — registon, muhim maʼmuriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qoʻrgʻonlari, shuningdek, oddiy aholi xonadonlari va boshqalar boʻlgan. Ilk davrlarda unda bogʻ, ekinzorlar ham boʻlgan. qadimiy Buxoro shahri arkdan alohida qurilgan (Narshaxiyning yozishicha, arkning bir darvozasidan ark oldidagi maydon — registonga, 2-darvozasidan shahristonga chiqilgan).
Shahristonlar yirik asosiy koʻchalar bilan bir necha dahalarga boʻlingan. Masalan, Buxoro shahriida gʻarbdan sharqqa, shimoldan janubga oʻtgan koʻcha shahristonni 4 teng qismga boʻlgan. shahristonda dastlab dehqonlar, arab istilosidan keyin savdo va hunarmandchilik rivoj topgach, savdogarlar, hunarmandlar (hokim tabaqa bilan bir shahristonda) yashaganlar. Keyingi asrlarda shahriston atrofida tashqi shahar — rabod qurilgan. Markaziy Osiyoda qoʻsh — ichki va tashqi rabod bilan oʻralgan shahriston ham boʻlgan (masalan, Binkat).
Bir-biriga yaqin shaharlar guruhi ham shahriston deb atalgan.
uz.wikipedia.org