Shahrisabz shahri
Shahrisabz — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926-yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 174,8 ming kishi (2021 https://data.gov.uz/uz/datasets/908?dp-1-sort=G6). Sh. Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (qarang Kesh). 13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf boʻlgan.
Tarixi
Ilk eslatilishi
Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avvalgi 8 asrda tashkil etilganini bilib olish mumkin. Shahar qadimgi davrlarda Kesh deb nomlangan.
1351-yilda zarb etilgan kumush tangalarda „Shahrisabz“ nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: „Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar“ deb yozgan.Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan.Shahrisabz oʻsha davrda „Qubbatul ilm val adab“ nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo Gʻolib kabi allomalarning otabobolari shahrida tugʻilgan.
Oʻrta asrlardagi tarixi
Amir Temur davrida Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarinint yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dorussaodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qalʼa devori bilanoʻrabolingan. Ispaniya elchisi Klavixo oʻz qundaligida shahrida koʻplab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini taʼkidlaydi. Keyinroq ham koʻplab meʼmoriy obidalar (Dor uttilovat majmuasi, Koʻk gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda koʻhna devor (bandi qadim) boʻlganligi, biroq u 15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. Oʻsha paytda Shahrisabz shahrining 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (gʻarbiy), Termiz (jan.) darvozalari boʻlgan.
Amir Temur davridan soʻng oʻrta asrlardagi tarixi 1556-yilda shahrini Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Sh. Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida boʻlib kelgan. 16-asr oʻrtalarida ham Sh. mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan edi.
Mahmud ibn Vali (17-asr) oʻzining „Bahr alasror“ („Sirlar dengizi“ — „Geografiya“) asarida shahrini quyidagicha taʼriflagan: „Kesh — Movarounnahr shaharlaridan biri, yamyashil bogʻlari va koʻzga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar...“.
Ashtarxoniylar davrida Sh. siyosiy mavqeini ancha yoʻqotgyn. shahrida hokimiyat uchun kurashda avval mangʻitlar, soʻngra qoʻngʻirotlar urugʻi gʻolib chiqib markaziy hokimiyat — Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. 18-asr 1-choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashkdsaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda shahrida bir necha muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750—52 yillardan Sh. Buxoro amirligi tasarrufiga oʻtdi. 18-asr oʻrtalarida shahar qaytadan qad rostlagan.
Yangi davrdagi tarixi
SH. hokimi Bobobek, Kitob begi Joʻrabek, amir Muzaffarning katta oʻgʻli Abdulmalik (Katta toʻra) boshchiligida katta qoʻshin bilan 1868-yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur boʻlganlar. 1870-yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Sh. va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Sh. va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Sh. 1920-yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan.
SH. aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 18— 19-asrlarda shahrida 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi.
Eng yangi davrdagi tarixi
20-asr oʻrtalarida shahrida „Hujum“, badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fabrikalari ishlay boshladi. 1930—40 ylarda shahridagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda boʻlgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan. Sh. va uning tarixiy madaniy merosi ataylab keng doirada targʻib qilinmagan.
Shahar mustaqillikdan soʻng Mustaqillik yillarida Sh. qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan.
shahridagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „Shahri Kesh“; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Kesh'' va „Shahrisabz“ mehmonxonalari bor. shahrida Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996).
SH. zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu Muhammad Keshiy (964 yilv.e.), Abu Jaʼfar Keshiy (951 yilv. e.), Abul Fazoil Keshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar shahrida 20 ga yaqin tarixiy meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dor usSiyodat va Dor utTilovat majmualari, Koʻk Gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur Ogʻaliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Sh. Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.
SH. ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Sh. „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).
Nomi
Shahrisabz shahrining nomi forscha (shahr) „shahar“ va (sabz) „yashil“ soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, tom maʼnoda „Yashil shahar“ tarjima qilinadi.
Bu nom shaharga XV asrdan beri berilgan. XV asrgacha shahar soʻgʻdcha Kesh nomi bilan „turar joy, uy“ maʼnosida maʼlum boʻlgan. „Boburnoma“da (XV — XVI asr boshlari) Kesh nomi bilan birga Shahrisabz ham qoʻllanilgan.
Geografiyasi
Shahrisabz shahri Qashqadaryo viloyatining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Viloyat markazi Qarshi shahridan gʻarbda joylashgan Shahrisabzgacha boʻlgan masofa 90 km.
Samarqand shahri Shahrisabzdan 65 km shimolda joylashgan. Tojikiston bilan chegaragacha boʻlgan masofa 80 km dan ortiq. Toshkentgacha (Shaxrisabzning shimoliy-sharqida) — 360 km dan ortiq, Buxorogacha (Shaxrisabzning shimoliy-gʻarbda) — 240 km dan ortiq.
Shahrisabz janubdan va sharqdan Hisor-Oloy togʻ tizimining bir qismi boʻlgan Zarafshon tizmasi bilan oʻralgan.
Maʼmuriy boʻlinishi
2018-yil holatiga koʻra, Shahrisabz aholisi 116 ming kishidan oshadi. Shahrisabz tumani umumiy aholisining deyarli yarmi shaharda istiqomat qiladi. Qishloqda paxta tozalash, vinochilik, meva konserva zavodlari bor.
Aholisi
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Shuningdek, shaharda tojiklar, Markaziy Osiyo arablari, oz sonli tatarlar, ruslar, ukrainlar va boshqa xalqlarning diasporalari mavjud.
Diniy nuqtai nazardan koʻpchilik sunniy musulmonlardir. Shahrisabzda xristian dini vakillari ham bor.
Iqtisodiyoti
Shahar xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga jamlangan: paxta tozalash, konserva va boshqalar. Hunarmandchilik rivojlangan.
Diqqatga sazovor joylar
2000-yilda shaharning tarixiy markazi va uning arxeologik, meʼmoriy, diniy va madaniy yodgorliklari „Shahrisabz shahrining tarixiy markazi“ nomi bilan YuNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari roʻyxatiga kiritilgan.
Shahrisabzning eng mashhur yodgorliklari:
1. Shayx Shamsiddin Kulol al-Keshiy maqbarasi (Temurning otasi Amir Toʻragʻay ham shu yerda dafn etilgan);
2. Gumbazi-Seyidon maqbarasi (Sayid gumbazi);
3. Koʻk-Gumbaz masjidi (Moviy gumbaz);
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) 2024-yil uchun Shahrisabzni turizm poytaxti etib tanladi.
Musiqada
"Yalla" guruhining shu nomdagi mashhur qoʻshigʻi mavjud.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org