Shahrisabz davlat pedagogika instituti




Shahrisabz davlat pedagogika instituti (SHDPI, toʻliq holda Shahrisabz pedagogika instituti) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan bilim yurti.

Tarixi



Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutini tashkil etish uchun jarayonlar 2019- yildan boshlangan. Shahrisabz akademik litsey direktori dotsent. G‘aniyev Abduqahhor Gadayovich taklif hamda tashabbuslari bilan astoydil akademik litsey faollari, pedagog xodimlari shuningdek tashviqot ishlari olib borildi. Shahrisabz ahlining qo‘llab-quvvatlashi va jamoaning birdamligi, ahilligi bilan ushbu ulkan natijaga erishildi.
Aholi o‘rtasida so‘rovromalar olib borildi. So‘rovnomada ko‘plab odamlar taklifni yoqlab ovoz berishdi. Mening fikrim veb portaliga „Qarshi davlat universiteti Pedagogika Institutini tashkil etish haqida“gi petitsiya joylashtirildi.
Petitsiyada Shahrisabz shahrida oliy taʼlim muassasasining mavjud emasligi hudud yoshlariga noqulaylik keltirib chiqarayotganligi, Qashqadaryo viloyati yoshlarining oliy o‘quv muassasalariga kirish reytingi qoniqarli emasligi hamda bu holat kelgusida viloyatda oliy maʼlumotli mutaxassislarning yetishmovchiligiga olib kelishi takidlab oʻtildidi.
Respublikamizning ko‘plab viloyatlarida aholi ehtiyojini qondira oladigan oliy taʼlim muassasalari shuningdek ularning filiallari tashkil etilgan. Shahrisabzga shahar maqomi berilganligi va unda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligi hamda viloyatning istiqbolini eʼtiborga olib, Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutini tashkil qilish taklif etildi. Shahrisabz akademik litseyining 720 o‘ringa moʻljallangan o‘quv binosi va 100 o‘rinli yotoqxonasi QarDUPI moddiy texnika bazasining asosi bo‘lib xizmat qilishi aytib oʻtildi. Qashqadaryo viloyati aholisining deyarli yarmi Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi hamda Qamashi tumanlarida istiqomat qilishadi. Mazkur hududda aholi zich, yoshlar ko‘p, ishsizlik ko‘rsatkichi yuqori shuningdek ishlab chiqarish korxonalari kam. Maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalari ham shu tumanlarda ko‘p uchraydi. Ochilishi taklif qilinayotgan QarDUPI esa keltirilgan noqulayliklarning maʼlum miqdorda yechilishi, Shahrisabzda ilm-fanning rivojlanishiga turtki bo‘ladi shu bilan bir qatorda Shahrisabz hamda qo‘shni tumanlarda ishlab chiqarish madaniyatining o‘sishi, yangi texnalogiyalar bilan faoliyat yuritadigan korxonalarning vujudga kelishi, qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga yordam beradi. Shuningdek, juda ko‘p yoshlarga oilalari bag‘rida oliy taʼlimda tahsil olishlariga imkoniyat yaratishi aytildi. Mazkur murojaat mening fikrim veb portaliga uch oy muddatda ko‘rib chiqish uchun qo‘yildi. Shu vaqt mobaynida murojaat o‘n mingdan ortiq ovoga ega boʻldi.
QarDUPIni tashkil etish uchun asosiy bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2018-yilning 13-14- dekabrida Qashqadaryo viloyatga tashrifidan so‘ng boshlandi. Prezidentimiz uchrashuv davomida viloyat aholisining „Mening fikrim“ veb portaliga Shahrisabz shahrida oliy o‘quv yurtining filialini ochish bo‘yicha yuborgan taklifi yuzasidan mutasaddilarga Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish topshirig‘ini berdi. Bu taklif butun Qashqadaryo aholisining orzu qilgan ilm maskanini yaratilishiga turtki bo‘ldi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining „Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish to‘g‘risida“gi va „Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarorlarining loyihalari tayyorlandi.
Tashkil etish ko‘zda tutiliyotgan filiallarga bazaviy oliy taʼlim muassasalaridan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilib, o‘quv jarayoni 2019-2020 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi. Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutida maktabgacha taʼlim shuningdek umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2019- yil 4- sentabrdan maktabgacha taʼlim, boshlang‘ich taʼlim va sport tarbiyaviy ishlari, xorijiy tillar (ingliz tili) va ona tili adabiyoti rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda yoʻnalishlarida filial o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston respublikasi prezidentining pedagogik taʼlim sifatini oshiris hamda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan,PQ-289-son qarori bilan Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish hamda ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida taʼlim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadidaQarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

Malumotlar



Bugungi kunda Shahrisabz davlat pedagogika institutida

faoliyat yuritib kelmoqda.

yunalish faoliyat olib bormoqda.

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz