Shahobiddin Ahmad Nasafiy
Shahobiddin Ahmad Nasafiy (arabcha: شهاب الدين احمد النسفي — Shahobiddin Ahmad Nasafiy — Toʻliq ismi: Shahobiddin Ahmad ibn Muayididdin Nasafiy (Samarqandiy) (XII asr) shoir va adib.
Hayoti va Faoliyati
Shahobiddin Ahmad Nasafiy ham o‘z davrining taniqli so‘z ustalaridan biri bo‘lib yetishgan. Samarqandda, Abulmuzaffar Ruknuddin Qilich Tamg‘ochxon Mas’ud ibn Hasan (1162-73-yillar) davrida yashagan. Bu hukmdor shaʼniga bir qator qasidalar yozgan. Ammo umrining oxirlarida saroydan uzoqlashib, o‘z holicha, oddiy yashashni ixtiyor etgan.
Nizomiy Aruziy Samarqandiy o‘zining „Majmaʼu-n-navodir fi chahor maqolot“ asarida Saljuqiylar sulolasi podshohlarining nomlarini abadiylashtirgan shoirlar qatori uning ham nomini tilga olgan.
Shoirning sheʼrlar devoni bizgacha yetib kelmagan. „Lubobu-l-albob“ va „Majmaʼu-l-fusaho“ tazkiralarida uning uch-to‘rt qasidasi keltirilgan. Taniqli Eron olimi Said Nafisiy qadimiy qo‘lyozmalardan uning yana bir necha qasidasini topib, „Tarixi Bayhaqiy“ kitobiga ilova tarzida chop ettirgan. Bu asar shoirning yuksak iqtidoridan dalolat beradi. Uning sheʼrlardan biri:
Mazmuni: Ey, gul yuzli, go‘zal vujudli turk (go‘zal), sening nozik qulog‘ing va sirg‘angni ko‘rib, suman guli ko‘ziga tuproq sochdi, atirgul ko‘ylagini yirtdi. Agar sening go‘zal iyaging chavgon to‘pidek bo‘lsa, mening qomatim chavgondir, sening bo‘yningda oylar jilva qilsa, mening etagimda yulduzlar aksi bor. Agar sochingni yoyib, yuzlaringni ko‘rsatsang, qorong‘u tun sochingdan, oy esa yuzingdan sharmanda bo‘ladi. Labing aksi tushgan maydan bizga berding, undan bir qultum ichib, odamlar ko‘ziga gulshandagi mastlarga o‘xshab qoldik.
Manbalar
uz.wikipedia.org