Shahnoza NIZOMOVA




Shahnoza Nizomova — ayollar boksi boʻyicha toʻrt karra Oʻzbekiston chempioni. 1987-yil Toshkent viloyatining Qibray tumanida tavallud topgan.

Koʻplab xalqaro turnirlar gʻolib va sovrindori. 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi.

2015-yili Xitoy davlatida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida finalga qadar kechgan janglarni magʻlubiyatsiz oʻtkazib, kumush medal sovrindori boʻldi.

Shahnoza 2015-yil avgust oyi natijalariga ko'ra oʻz vazn toifasida Osiyo reytingida 5-oʻrinda bormoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz