Shahidlar masjidi




 

Shahidlar masjidi (ozarbayjoncha: Şəhidlər məscidi), xalq orasida Turk masjidi nomi bilan ham tanilgan, Ozarbayjonning Boku shahrida, Shahidlar yoʻli yaqinida joylashgan masjid. 1990-yillar boshida Turkiya hukumati koʻmagida qurilgan. Hozirda masjiddan Turkiya elchixonasi diniy attashesining rasmiy qarorgohi sifatida foydalaniladi. 2009-yildan beri masjidda qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Shahidlar masjidi fasadida Qur’oni Karimning „Baqara“ surasi 154-oyati arab va turk tillarida bitilgan:

„Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni „oʻliklar“ demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz“.

Manbalar



Koordinatalari: 40°21′31.03″N 49°49′40.06″E / 40.3586194°N 49.8277944°E / 40.3586194; 49.8277944 G O

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz