Shahi koʻprigi




Shahi koʻprigi (yana Munimxon, Akbari , Boburiylar yoki Jaunpur koʻprigi deb ham nomlanadi) Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Jaunpur shahridagi Gomti daryosi ustiga XVI asrda qurilgan koʻprikdir. Koʻprik Jaunpur temir yoʻl stantsiyasidan 1.7 kilometr (1.1 mi) shimolda, Zafaroboddan 7.3 kilometr (4.5 mi) shimoli-gʻarbda, Mariahudan 16.2 kilometr (10.1 mi) shimoli-shimoli-sharqda va Kiroqat shahridan 26.6 kilometr (16.5 mi) gʻarbiy-shimoli-gʻarbda joylashgan.

Qurilishi



Boburiylar imperatori Akbar Shahi koʻprigini qurishni buyuradi. Koʻprik 1568—1569-yillarda Munimxon tomonidan qurib bitkazildi. Uni qurish uchun toʻrt yil kerak boʻldi. Koʻprik afgʻon meʼmori Afzal Ali tomonidan ishlab chiqilgan.

Hozirda foydalanilishi




Koʻprik 1934-yilda Nepal-Bihar zilzilasida jiddiy shikastlangan. Uning yettita arkini qayta qurish kerak boʻladi. Ko‘prik o‘zining tarixiy ahamiyatini saqlagan holatda hozirda ham foydalanilmoqda.

Koʻprik 1978-yildan beri Arxeologiya direksiyasining (UP) Himoya va muhofaza qilish roʻyxatida.

Koʻprik Jaunpurning eng muhim Boburiylar davri arxitektura yodgorligi sifatida tan olingan.

Shahi koʻprigiga parallel boʻlgan yangi koʻprik 2006-yil 28-noyabrda Uttar-Pradeshning oʻsha paytdagi bosh vaziri Mulayam Singh Yadav tomonidan ochilgan.

Adabiyotda




William Hodges oʻzining „Select Views in India“ kitobida koʻprik haqida shunday deydi.

„ Toshqinlar hatto koʻprikdan ham koʻtarilganligi maʼlum va 1774-yilda Britaniya kuchlarining butun bir brigadasi qayiqlarda uning ustidan oʻtgan.“

Rudyard Kiplingning "Akbar’s Bridge" sheʼrida bu koʻprik haqida soʻz boradi.

Yana qarang




Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz