Shahed 129




Shahed 129 (forscha: شاهد ۱۲۹) — «Shahed Aviation Industries» tomonidan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) uchun ishlab chiqilgan Eronning bir dvigatelli o‘rta balandlikda uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz uchuvchi apparatidir (UUA). Shahed 129 jangovar va razvedka missiyalarini bajarishga qodir va 24 soatlik avtonomlikka ega. Hajmi, shakli va maqsadi boʻyicha Amerikaning «MQ-1 Predator» UUAga oʻxshash va Eron harbiy qurolli kuchlarida foydalanuvchi eng samarali dronlardan biri hisoblanadi. UUA nomi fors tilidan tarjima qilganda “guvoh” yoki “kuzatuvchi” degan ma’noni anglatadi.

UUA Suriya fuqarolar urushi davridagi havo hujumlari paytida va Eronning sharqiy chegarasida chegarani qo'riqlashda ishlatilgan. «Saegeh» UUA «Shahed 129» bilan birgalikda keyingi o'n yil davomida Eronning yuqori texnologiyali UUA flotining asosini tashkil qilishi kutilmoqda.

Dizayni



2005-yilda Eron samolyotsozlik sanoati kompaniyasi (HESA) «HESA-100» UUAni loyihalashni boshlaydi. «HESA-100» asosan «Shahed 129» bilan bir xil dizaynga ega edi, ammo undan qisqaroq va kvadrat fyuzelyajga ega edi. «HESA-100» keyinchalik «Shahed 123» deb qayta nomlandi va keyinchalik «Shahed 129» ga aylantirildi. Bir qator manbalarda qayd etilishicha, «Shahed 129»«» Eronda halokatga uchragan Isroilning «Hermes 450» UUAdan ko‘chirilgan.

Buyurtmalar



IIQK uchun 2024-yilgacha 40 ta Shahed 129 UUA sotib olish rejalashtirilgan. Dronning "Simurg'" (Simurg') deb nomlangan harbiy-dengiz versiyasini yetkazib berish ishlari ham boshlangan.

Rossiyaga



Washington Post gazetasining AQSh razvedka maʼlumotlariga tayanib yozishicha, Eron Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarining birinchi partiyasini yuborgan. Shahed va Qods Mohajer-6 dronlari 2022-yil 19-avgustda yuborilgan.

Xususiyatlari



Umumiy




Ishlash




Qurollari



Bombalar: 4 × Sadid-345 PGM

Avionika




Operatorlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz