Shahboz Yershin




Shahboz Alimgereyevich Yershin (qozoqcha: Шахбаз Әлімгерейұлы Ершин;1926-yil 5-sentabrda tug‘ilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2019-yil 2-avgustda vafot etgan, Olma-Ota, Qozogʻiston) — sovet va qozoq olimi, texnika fanlari doktori (1974-yil), professor (1977-yil), Qozog‘iston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi akademigi (2003-yil). Shuningdek, Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984-yil).  2004-yilda fan sohasidagi birinchi mukofot laureati (mualliflar jamoasi tarkibida). K. I. Satpayeva „G‘arbiy Qozog‘istondagi neft konlarining ekologik holatini yaxshilash va shamol energiyasini g‘ayritabiiy yuqori samaradorlikka ega elektr energiyasiga aylantirish uchun mo‘ljallangan usullar va texnik qurilmalar (bir qator ixtirolar)“ ishi uchun tabiiy fanlar sohasidagi eng yaxshi ilmiy tadqiqoti uchun)".

Biografiyasi



Yershin Shahboz Alimgereyevich 1926-yil 5-sentabrda Toshkentdagi qozoq sovet ziyolilarining birinchi avlodi oilasida dunyoga kelgan. 1935-yildan boshlab oilasi bilan Olmaotada yashagan. 1946-yilda Shahboz Olmaotadagi o‘rta maktabni tugatgan.

Yershin 1953-yilda Qozog‘iston Davlat universitetining Fizika-matematika fakultetini fizika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan (L. A. Vulis bilan tahsil olgan), shundan soʻng Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining aspiranturasiga oʻqishga kirgan. 1957-yilda ,,Gaz mash’alasi aerodinamigi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Samarali mehnatidan so‘ng olim birdaniga ikkita doktorlik dissertatsiyasini ,,Suyuqlik va gaz mexanikasidagi baʼzi taʼsirlar" va ,,Turbulent gaz plyusini eksperimental o‘rganish" mavzularida yozib, ikkinchi ishini 1974-yilda Kievda himoya qilgan.

Shahboz Alimgereyevich 1974-2000-yillarda Qozog‘iston Milliy Universitetining Suyuqliklar, gazlar va plazma mexanikasi kafedrasi boʻlimi boshligʻi boʻlgan, keyinchalik ushbu kafedra „Uzluksiz mexanika“ kafedrasi deb qayta nomlangan. 1986-yilda olim Yershinga „Qozogʻiston SSRda fan va texnika sohasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni berilgan. 1989-yilda esa Qozogʻiston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan. 2001-yilda Qozogʻiston Davlat universitetining kafedra mudiri faxriy unvoni bilan taqdirlangan hamda 2003-yilda Qozog‘iston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasining akademigi boʻlgan.

Bundan tashqari olim 1993-yilda Orol dengizini tiklash loyihasi uchun Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va bioresurslar vazirligining mukofoti bilan taqdirlangan.

Sovet va qozoq olimi, texnika fanlari doktori Shahboz Alimgereyevich Yershin 2019-yil 2-avgustda Qozog‘istonning Olmaota shahrida vafot etgan.

Oilasi



Onasi — Akkagaz Dosjanova (1892-1932-yillarda yashab o‘tgan), birinchi qozoq shifokori. Otasi — Alimgerey Yershin. Turmush o‘rtog‘i — Aynagul Kapasovna. Oʻgʻli Chingiz.

Ilmiy faoliyati



Gidroaeromexanika va issiqlik fizikasi bo‘yicha mutaxassis. Ilmiy ishlarining mavzusi murakkab konvektiv transport nazariyasining turli jihatlariga va uning koʻp sonli qoʻllanilishiga (reaktiv oqimlar, gaz plombasi, oʻzgaruvchan xossali suyuqliklar harakati, girdob hodisalari, oʻtkazuvchan yuzalar va boʻlaklarga ega kanallardagi oqimlar) bagʻishlangan.

Shahboz Alimgereyevich Yershin 200 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 3 ta monografiya va 4 ta patent muallifidir. 29 nafar fan nomzodi va 4 nafar fan doktori ga ilmiy rahbarlik qilgan.

Olimning baʼzi ishlari




Baʼzi patentlari




Mukofotlari




Manbalar



Pri napisanii etoy stati ispolzovalsya material iz izdaniya „Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya“ (1998—2007), predostavlennogo redaksiey „Qazaq ensiklopediyasi“ po litsenzii Creative Commons BY-SA 3.0 Unported.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz