Shahboz Erkinov




Shahboz Furqatovich Erkinov 1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻulgan. Oilali.

Faoliyati



Faoliyatini 2005 yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u Eron Pro ligasi da PAS Xamadon jamoasida oʻynagan. U 2009-yilda oʻz klubi bilan Koʻrfaz kubogining yarim finaliga chiqdi va Rah Ahan Sorinetga 0:1 hisobida yutqazdi. PAS Xamadon jamoasida ikki mavsum toʻp surgandan soʻng, u „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtdi. 2009-yilgi mavsumda u 9 ta gol urdi va Liga oʻyinlarida eng yaxshi klub toʻpurari boʻldi. U keyingi mavsumda ham 9 ta gol urdi va 10 ta gol bilan Igor Tarandan keyin 2-eng yaxshi toʻpurar boʻldi. O‘sha yili O‘zbekistonga qaytib, „Shoʻrtan“ safiga qo‘shildi. Gʻuzor klubida bir yarim mavsum toʻp surgan va 2012-yilda „Paxtakor“ga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumni „Olmaliq“da oʻtkazgan. 2014-yildan buyon „Navbahor“ futbolchisi.

2014-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U 14 gol bilan ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi va 2014-yilgi Oliy liga mavsumida xet-trik qildi. Erkinov mavsumda ikkita xet-trik qayd etdi. 2014-yil 26-aprel kuni u Liganing 2014-yilgi mavsumdagi ilk xet-trikini amalga oshirdi, „Navbahor“ — „So‘g‘diyona“ uchrashuvida 4:2 hisobida yakunlandi. 2014-yilning 12-sentabr kuni „So‘g‘diyona“ga qarshi safarda „So‘g‘diyona“ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda u yana uchta gol urdi. 2014-yilgi mavsum yakuniga koʻra Erkinov Ligada 14 ta gol urdi, bu Liga toʻpurari Artur Gevorkyandan atigi 4 taga kam urga holda ikkinchi boʻldi. 2014-yilgi Oʻzbekiston kubogi bahslarida ham u klub safida 3 ta gol urgan.

2015-yilning 16-may kuni Erkinov „Andijon“ klubiga qarshi ligada safarda o‘yinda ajoyib „qaychi“ uslubida golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Predrag Vuyovichning „Andijon“ darvozasiga urgan goli 2:1 dan keyin „Navbahor“ futbolchilari oʻyinni maydon markazidan boshlashlari kerak edi. Erkinov toʻpni qabul qilib oldi va „Andijon“ darvozaboni Genadie Moșneaga oʻz darvozasidan ancha uzoqda turganini payqab, yarim chiziqdan zarba yoʻlladi va toʻp darvozaga suzib ketdi. Uning bu goli 77-daqiqada 2:2 hisobida kiritildi.

2015-yilgi mavsumda Erkinov yana 13 ta gol bilan Ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2016-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtdi. Muborakliklar safidagi yaxshi oʻyinlari natijasida Qarshining „Nasaf“ jamoasi safiga 2016-yilning yozgi transfer oynasida koʻchib oʻtdi. Qarshiliklar safida bir yarim mavsum harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yil yangi mavsumda Oliy liganing boshqa bir klubi „Qoʻqon 1912“ jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish bildirildi va yangi mavsumni qoʻqonliklar safida boshladi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi va 2 mavsum davomida qaldirgʻochlar safida toʻp surdi. 2022-yilgi mavsumda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi Viktor kumikov tarafidan fiutbolchiga burgutlar safida toʻp surish taklifi berildi va taklifni qabul qilib 2022-yilgi mavsumni „Andijon“ klubi safida oʻtkazdi.

Xalqaro oʻyinlar



Shaxboz Erkinov 2004-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash oʻyinlarida ishtirok etgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ham ishtirok etgan.

U 2009-yilning 28-yanvarida futbol boʻyicha BAA milliy terma jamoasiga qarshi 2011-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan.

Yutuqlar



Klub



Shoʻrtan

Individual




Faoliyat statistikasi



2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz