Shahar davlat




Shahar-davlat yoki shahar - mamlakat  — shahar va uning atrofida joylashgan tumanlardan iborat boʻlgan mustaqil davlat. Bugungi kunda Singapur, Vatikan va Monako kabi shahar-davlatlari bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bundan tashqari, shahar-davlat deyilmasa ham kichik maydoni va zich urbanizatsiyasi tufayli Qatar, Bruney, Quvayt Bahrayn va Malta kabi shaharlar ham baʼzan shahar-davlat sifatida qabul qilinadi. Aholi zichligi yuqori boʻlgan, ammo yagona shahar markaziga ega boʻlmagan San-Marino ham baʼzan ushbu atama bilan nomlanishi mumkin. Mustaqil boʻlmasa-da, Xitoyda joylashgan Gonkong, Makao va Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli Dubay hamda Abu-Dabi ham shahar-davlatlar deb ataladi. Chunki bu shaharlar iqtisodiy jihatdan ancha mustaqildir.

Tarixi



Tarix davomida koʻp shahar-davlatlar mavjud boʻlib, bu davlatlar asosan yirik madaniy mintaqaning bir qismi boʻlgan. Bu davlatlarga misol qilib, Qadimgi Yunonistondagi shahar-davlatlar (Afina, Sparta va Gordos (Krintos)), Kanʼondagi Finikiya shaharlari (Tir, Karfagen va Sidon), mayyalar (Chichen Itsa va El-Mirador), Oʻrta Osiyoda Buyuk Ipak yoʻli ustida joylashgan shaharlar (Samarqand va Buxoro), Muqaddas Rim imperiyasidagi imperator shaharlari va Italiya shahar-davlatlari (Florensiya va Venetsiya)ni koʻrsatish mumkin.

Shahar-davlatlar sivilizatsiya rivojiga katta hissa qoʻshgan. Insoniyat tarixining eng bunyodkorlik davrlaridan biri bu odamlarning kichik mustaqil markazlarga birlashgan davrlaridir. Zamonaviy Yevropa sivilizatsiyasi oʻzining kelib chiqishida ikki davrdagi davlatlarga koʻp narsada qarzdor edi. Bular: Yunon shahar-davlatlari va Uygʻonish davri Italiya shahar-davlatlaridir. Biroq, bu kichik yaratuvchi guruhlar qisqa muddatlardagina omon qoldilar, zero katta davlatlarning hujumlariga qarshi oʻzlarini himoya qilish uchun ularda yetarli kuch yoʻq edi. Italiya yoki Gretsiyada boʻlgani kabi, iqtisodiy nochorlashgan madaniy ittifoqning ichdan yemirilishi imperiyalar va qirolliklar kabi katta kuchga ega boʻlgan yirik birliklarning paydo boʻlishiga olib keldi.

Shahar-davlatlarda din bir butunlik kafolatidir. Har bir shaharning yaratuvchi va qoʻllovchi xudosi bor. Shahar davlatlarini tashkil etgan odamlar, shaharni yaratgan xudo tomonidan belgilangan qonun-qoidalar asosida hayotlarini davom ettirganlar. Shaharni bunyod qilgan odamlar oʻzlarining barcha faoliyatini davlat manfaati uchun amalga oshirganlar.

Shahar-davlati tushunchasi Aristotel tomonidan qabul qilingan. Arastu fikricha, davlat arbobi va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni oila boshlig‘i va aʼzolari o‘rtasidagi munosabatlarga yoki mulkdor va uning qullari o‘rtasidagi munosabatlarga tenglashtirib, ularni bir xil tushunchalar deb qabul qilish noto‘g‘ridir. Aristotel fikricha, shahar-davlat — tuzilishi kichik hududga ega boʻlgan, xalq bir-birini taniydigan va boshqaruvda bevosita ishtirok etadigan, gavjum boʻlmagan maʼmuriy birlikdir. Aristotel davlatni na boy yoki na kambagʻal, balki ozchilik emas koʻpchilik deya taʼriflaydi. U umumiy manfaatlar asosida birlashgan o‘rta sinf kuchli bo‘lishini taʼkidlab, adolatli boshqaruv shaklini qabul qiladi.

Ijtimoiy va siyosiy tuzilmasi



Shahar davlatlarida sinfiy tabaqalar mavjud. Shahar davlatlaridagi odamlar; qullar-meteklar, (chet elliklar) va fuqarolar sifatida tabaqalarga boʻlingan. Qullar hech qanday huquqqa ega emas va ular faqat ishchi sifatida koʻriladi. Meteklar, savdo va iqtisod kabi sabablarga koʻra shaharga kelib, oʻrnashib qolgan xorijliklardir. Ular erkin, lekin fuqarolarning ayrim huquqlaridan mahrum. Fuqarolar esa siyosiy hayotda ishtirok etuvchi mustaqil shaxslardir.

Shahar davlatlari siyosiy jihatdan: monarxiya (qirollik), oligarxiya (aristokratiya) va demokratiya kabilarga boʻlinadi. Podshohlik davridan keyin ular mustabidlik davrini boshdan kechirdilar, ammo xalq qoʻzgʻoloni natijasida hokimiyatni xalq qoʻlga oldi va demokratik tuzum oʻrnatildi. Aristotelning fikriga koʻra, jamoa oʻrtasidagi ixtiloflar davlat tuzumi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun u turli xil boshqaruv uslublarini sanab oʻtadi. Bu reytingni uni boshqaradigan odamlar soniga mutanosib ravishda yaxshi yoki yomon deb belgilaydi. Aristotelga koʻra toʻgʻri hokimiyat; qirollik, aristokratiya va respublika. Notoʻgʻri hokimiyat; oligarxiya va demokratiya.

Afina mulkida erkaklar va erkin fuqarolardan iborat xalq majlisi mavjud. Xalq majlisi muntazam ravishda yigʻiladi va qonun chiqaruvchi organ sifatida ishlaydi. Xalq majlisi bu qonunlarni chiqarar ekan, ular ilohiy qonunlar va asosiy qonunlariga zid ish qila olmaydi. Shahar davlatlari ikki turdagi huquqiy resurslarga ega. Ulardan birinchisi: Thesmoi — bu ilohiy qonunlar. U mifologik elementlarga asoslangan. Qonunlar ilohiy va muqaddasdir. Shuning uchun ularni oʻzgartirish mumkin emas. Ikkinchisi — nomoi. Bu qonunlar odamlar tomonidan yaratilgan. Shuning uchun uni oʻzgartirish yoki bekor qilinish mumkin. Ushbu qonunchilik faoliyati Afina mulkini huquqiy davlatga aylantirdi.

Xususiyatlari




Zamonaviy shahar-davlatlar




Monako



Monako — Yevropadagi mustaqil shahar-davlat va knyazlik, 1297-yilda tashkil etilgan, Oʻrta yer dengizining shimoli-gʻarbiy sohilida joylashgan. Mikrodavlat, Vatikandan keyingi oʻrindagi Yevropadagi eng kichik mustaqil davlat, shimol, gʻarb va sharqda Fransiya bilan chegaradosh, mamlakatning janubiy va janubi-sharqiy qismlari Oʻrta yer dengizi bilan chegaradosh. Monako Italiya chegarasidan taxminan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mamlakat oʻzining ajoyib kazinolari, portlari va Monte-Karlo tumanidagi qirollik oilasi bilan mashhur.

Singapur




Singapur - Malay yarim orolining janubida joylashgan orol davlati, shimolda Malayziya va janubda Indoneziyaning Riau orollari bilan chegaradosh.. Uzunligi, taxminan 43 km, kengligi esa 22,5 km boʻlgan ushbu orolda joylashgan mamlakat aholisi, 2014-yilning iyun oyi oxiridagi maʼlumotlariga koʻra 5 469 724 kishini tashkil etadi. Sobiq Britaniya mustamlakasi boʻlgan bu mamlakat, mustamlakachilik tugagach, 1963-yilda Malayziya Federatsiyasiga biriktirilgan. 1965-yilda milliy va madaniy tuzilish jihatdan farq qiladigan etnik-madaniy tuzilish tufayli bu mamlakatni tark etib, butunlay mustaqil shahar-davlatga aylangan.

Vatikan




Vatikan — Italiyaning Rim shahrida joylashgan mustaqil davlat. Xristianlikning katolik mazhabi maʼmuriy markazi. 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan va baland devorlar bilan oʻralgan mamlakat yer yuzasi va aholisi boʻyicha dunyodagi eng kichik mustaqil davlatdir. Vatikanda mutlaq monarxiya tuzumi oʻrnatilgan. Davlat rahbari sifatida Papaning soʻzlari qonun kuchiga ega. Rim papasi ham davlat rahbari, ham katolik mazhabining bosh ruhoniyi hisoblanadi. Katolik cherkovining boshligʻi ham Vatikan davlatining boshligʻi boʻla oladi. Papa, shuningdek, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining rahbari. Vatikanda 100 nafar Shveytsariya fuqarolari va katolik boʻlishi shart boʻlgan anʼanaviy tarzda kiyingan soqchilardan iborat kichik, ramziy armiya mavjud.

Mustaqil boʻlmagan shahar-davlatlar




Baʼzi shaharlar, garchi mustaqil davlat boʻlmasa-da, yuqori darajadagi avtonomiya sifatida faoliyat koʻrsatgani uchun baʼzan „shahar-davlat“ deb tavsiflanadi. Ushbu mustaqil boʻlmagan shahar-davlatlarning baʼzilarini quyidagicha sanab oʻtish mumkin:

Ispaniya: Seuta va Melilla.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz