Shag'ovul




Shigʻovul , shagʻovul — saroy mansabi. 1) Buxoro xonligida elchilarni xon qabuliga olib kiruvchi mansabdor shaxs. Shig'ovul saroydagi qabul marosimlarini boshqargan va nazorat qilgan; 2) Xiva xonligida mehtarning yordamchisi boʻlib, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularning taʼminoti bilan shugʻullangan. Shig'ovullarning faoliyati "buxrilar" (aygʻoqchilar) faoliyati bilan yaqindan bogʻliq boʻlgan. Shig'ovullar mustaqil ravishda diplomatik muzokaralar olib borishmagan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz