Shabaron
Shabaron , Shabron (eroncha Shopur nomidan) — 1) Ozarbayjondagi qad. shahar xarobasi. Kuba shahridan 25 km jan.sharkda joylashgan. Sosoniylardan Xusrav 1 Anushirvon tomonidan asos solingan (6-asr) Shu nomdagi tarixiy viloyat markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Shirvon tarkibiga kirgan, ipak savdosining yirik markazi hisoblangan. Shabaron orkali Astraxon — Shemaxa karvon yoʻli oʻtgan. 18-asr boshida turklar tomonidan vayron qilingan; 2) Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining Kavkaz sohilida joylashgan. Mil. av. 7-asrda Shabaron hududida podsho skiflari qabila ittifoqi — Ashguz vujudga kelgan. U Ossuriya qulab, Urartu zaiflashgach, oʻz hukmronligini Sharqiy Zakavkazyening butun qududiga tarqatgan. Mil. 1—2-asrlarda Shabaron Kavkaz massagetlari (mazkutlar) podsholigi tarkibiga kirgan, 4—9-asrlarda Shabaron hududida qad. lezginlarning Xursan knyazligi mavjud boʻlgan; 9-asr oʻrtalaridan Sh.Shirvon tarkibida.
Manbalar
Adabiyot
uz.wikipedia.org