Sfinks xalqaro aeroporti
Sfinks xalqaro aeroporti (IATA:
SPX , ICAO:
HESX ) – Misr poytaxti Qohiraning gʻarbiy tomonida joylashgan Giza shahriga xizmat koʻrsatadigan fuqarolik aeroporti.
Tarixi
2017-yil oktyabr oyida aeroport kelgusi yozda tijorat reyslari uchun ochiq boʻlishi va 2018-yil oktyabr oyida sinov parvozlarni boshlashni rejalashtirilgan edi.
2019-yil yanvar oyida EgyptAir Express mintaqaviy aviakompaniyasi Hurgada, Sharm ash-Shayx, al-Uqsur va Asvonga sinov parvozlarini boshladi.
2020-yil 1-yanvarda aeroport Iordaniyadan Fly Jordan kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan birinchi xalqaro reysni qabul qildi. 2022-yil 2-noyabrdan Sharm-ash-Shayxdan Sfinks aeroportiga muntazam parvozlar boshlandi. Aeroport hozirda faoliyat yuritmoqda, lekin hali ham yakuniy qurib bitkazilmagan.
Imkoniyatlari
Aeroport Qohira Gʻarbiy aviabazasiga tutashgan va baʼzi bir infratuzilmalari aviabaza bilan bitta. U Qohira-Iskandariya choʻli yoʻlida joylashgan. 2 kilometr (1.2 mi) uzunlikdagi asosiy uchish-qoʻnish yoʻlagi (16R/34L) Qohira Gʻarbiy aviabazasining uchish-qoʻnish yoʻlagi majmuasidan gʻarbda joylashgan. Samolyotlar toʻxtash joyi va terminal inshootlari uchish-qoʻnish yoʻlagining gʻarb tomonida joylashgan.
2020-yil dekabr oyida aeroportning umumiy maydoni 4,500 kvadrat metrdan 23,000 kvadrat metrga oshirish uchun kengaytirilayotgani maʼlum qilindi, bu esa aeroportning yoʻlovchi qabul qilish quvvatini 300 kishidan 900 kishiga oshirishga yordam beradi. Ushbu kengayish Grand Misr muzeyining ochilishi ortidan kutilayotgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan. Aeroport binosida 6,500 square meter (70,000 kvadrat fut) maydondagi sayyohlik zali, 7000 kvadrat metrlik uchib kelish zali, 1000 kvadrat metr oziq-ovqat va ichimliklar maydoni, boj olinmaydigan doʻkonlar, pasport stollari, Rentgen zonasi va 28 ta roʻyxatga olish joylarini qamrab olishi kutilmoqda. Bundan tashqari bank va karantin zonasi, bagaj qabul qilish joyi, sakkizta pasport peshtaxtasi, sakkizta eskalator va 1440 tonna sovutgich sigʻimiga ega sovutish moslamasi ham quriladi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Giza Sfinks aeroportida quyidagi aviakompaniyalar tomonidan muntazam va charter reyslari amalga oshiriladi:
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org