Sferik funksiyalar




Sferik funksiyalar – sferik simmetriyaga ega sohalarga oid masalalarni oʻrganishda qulay boʻlgan maxsus funksiyalar ketma-ketligi. Matematikaning fizika, texnika va boshqa sohalardagi tatbiklarida qoʻllanadi. Sferik koordinatalardagi Laplas tenglamasi bilan bogʻliq tenglamani qanoatlantiradi va koeffitsiyentlari Lejandr koʻphadlari bilan ifodalanadigan chekli trigonometrik koʻphad koʻrinishida yoziladi. Matematik fizika masalalarida potensiallar koʻpincha Sferik funksiyalar orqali Furye qatori koʻrinishida izlanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz