SEZER AXMET NEJDET (1941.13.9, Af’yon shahri) — Turkiya davlat arbobi. Anqara universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1962). 1962 yildan Ankara, Dijla va Erkoy shaharlaridagi sud organlarida ishlagan. 1983 yildan Turkiya Oliy sudi a’zosi, 1988 yildan konstitutsion sudi haqiqiy a’zosi, 1998 yildan Turkiya konstitutsion sudi raisi. 2000 yil 16 maydan Turkiya Respublikasi prezidenti.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish