Sezar Akgul
Sezar Akgul (1988-yil 27-aprelda Turkiyaning Amasiya hududida tavallud topgan) — Turkiyalik erkin kurashchi.
Sezar Akgul 2007-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha Yevropa chempionatida va yana 2008-yilda Finlandiyaning Tampere shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Sezar Akgul 2009-yilgi FILA kurash bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritib, terma jamoasiga o'z hissasini qo'shgan.
Sezar Akgul 2008-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarida erkaklar o'rtasida 55 kg vazn toifasida 1/8 finalda u yaponiyalik Tomohiro Matsunagaga yutqazib qo'ygan. Takrorlash raundida senegallik Adama Diatta ustidan g'alaba qozonib, Dilshod Mansurov (O'zbekiston)ga imkoniyatni boy berganligini ko'rishimiz mumkin.
2009-yilda Italiyaning Peskara shahrida bo'lib o'tgan O'rta yer dengizi o'yinlarida erkin uslubda 55 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ishonchli tarzda yutib, oltin medalga sazovor bo'lgan.
2013yilda
Sezar Akgu Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib o'tgan chempionatda o'zining Yevropa bronza medalini qo'lga kiritgan. 2013-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida
Sezar Akgu bronza medalini qoʻlga kiritib, medallari sonini yana bittaga ko'paytirgan.
2015-yil iyun oyida
Sezar Akgu ilk Yevropa oʻyinlarida Turkiya uchun kurash boʻyicha, aniqrogʻi, erkaklar oʻrtasida 57 kilogramm vazn toifasida erkin kurash boʻyicha ishtirok etgan, hamda bronza medaliga sazovor bo'lgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org