Seyval




Seyval (Balaenoptera borealis) — yoʻl-yoʻl kitlar oilasiga mansub sut emizuvchi. Urgʻochisining uzunligi 18,8 m gacha. Erkagi kichikroq. Usti toʻq, biqin qismi och kulrang, qorni kulrangdan oqqacha. Qishda urchiydi. Boʻgʻozlik davri bir yilcha. Ikki yilda bir marta bitta, baʼzan ikkita bola tugʻadi. 5—7 yilda jinsiy yetiladi. Arktikadan Antarktikagacha boʻlgan dengizlarda, jumladan, Uzoq Sharq va baʼzan [[Boltiq dengizi|Boltiq dengizlarida uchraydi. Qisqichbaqasimonlar, boshoyoqli mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Soni kamaymoqda. Ovlash man etilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz