Seytjonov Tojetdin




Seytjonov Tojetdin (1924.8.4, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 1998.16.7, Nukus) — Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1985) va dramaturg. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1959). Oʻqituvchilar intini tugatgan (1948). "Jas leninshi" (1954— 56), "Sovet Qaraqalpaqstani" (1967— 73) gaz. va "Amudarya" jur.da (1962— 64; 1978-yildan) va boshqa tashkilotlarda ishlagan. Qoraqalpogʻiston Radio va televideniye davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1973—78). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Azamat yigitlar" (1956). "Zebo" (1957), "Qanotli yoshlar" (1961), "Muhabbatnoma" (1971), "Hayot falsafasi" (1979) sheʼriy kitoblarida qrraqalpoq xalqi hayoti aks etgan. "Qorli soʻqmoklar" (1959), "Abu Rayhon Beruniy" (1973), "Nukus afsonasi" (1981) va boshqa pyesalar muallifi. "Dengizdan esgan shamol" sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida nashr qilingan (1981).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz