Seytjan Polimbetov




Seytjan Polimbetov (1913-yil 25-may, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1982-yil 22-yanvar) – sovet davlat arbobi. Qozogʻiston SSR Kompartiyasi Guryev viloyati qoʻmitasining birinchi kotibi.

Biografiyasi



Seytjan Polimbetov 1913-yil 25-mayda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. U Sirdaryoda oʻrta taʼlimni olgach, 1935-yil Qozon davlat kon-metallurgiya institutiga oʻqishga qabul qilinadi. 1939-yilda ushbu universitetni muvaffaqiyatli tamomlaydi. Seytjan Polimbetov 1939-yil Sobiq sovet Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻladi.

U 1931-yildan 1941-yilgacha Keles tumani kolxozlar uyushmasi rahbari, tuman yer egaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan. 1941-yildan 1942-yilgacha Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi instruktori lavozimida, 1942-yildan 1943-yilgacha Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Qaragʻanda viloyat qoʻmitasi boʻlimi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan. 1943-yildan 1947-yilgacha Jezqazgʻan tumani birinchi kotibi, 1947-yildan 1948-yilgacha Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining metallurgiya va mashinasozlik boʻlimi mudiri lavozimlarida ishladi. 1948-yil esa Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi kotibining oʻrinbosari, 1948-yildan 1950-yilgacha Qozogʻiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining ogʻir sanoat boʻlimi mudiri sifatida ishlagan. U 1950-yildan 1957-yilgacha Kommunistik partiya Guryev viloyati birinchi kotibi sifatida ishlaydi. Seytjan Polimbetov 1957-yil fevral oyida Qozogʻiston SSR yoqilgʻidan foydalanish vaziri etib tayinlanadi. U 1957-yildan 1959-yilgacha Olmaota maʼmuriy rayonining iqtisod masalalari kengashi raisi boʻlib faoliyat yuritdi. Seytjan Polimbetov 1961-1968-yillarda Qozogʻiston SSR kasaba uyushmalari raisi lavozimida ishladi. U 1975-yil nafaqaga chiqqan.

Seytjan Polimbetov 1982-yil 22-yanvarda 68 yoshida vafot etadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz