Seysmik xizmat
Seysmik xizmat - Yer yuzidagi zilzilarni doimiy ravishda kuzatib turadigan xizmat. Seysmik xizmatning asosiy vazifasi dastlab seysmostansiyalarda seysmograflar yozib olgan seysmogrammalarni sinchiklab oʻrganib, zilzila oʻchogʻidagi parametrlar (vaqti, chuqurligi, magnitudasi)ni aniqlashdan iborat. Bu maʼlumotlar asosida tebranishlarning epitsetrdagi koordinat lari va boshqa koʻrsatkichlari aniqlanadi va kataloglari tuziladi. Kataloglar (zilzila parametrlari roʻyxati) seysmik byulletenlarida umumlashtirilgan holda toʻplanadi va tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Seysmik xizmat bir qancha mamlakatlarda, shuningdek, YUNESKO, NATOda amalga oshiriladi. Bundan tashkari, Rossiyada seymik kuzatuvlar yagona sistemasi, AQShda milliy seysmik xizmati, Yaponiyada meteorologiya agentligi, XXRda davlat Seysmologik byurosi, Yevropada Yevropa seysmologik komissiyasi va Kanada, Yangi Zelandiyada Seysmik xizmatni bajaruvchi tashkilotlar mavjud. Ulardan olingan zilzilalar haqidagi maʼlumotlar Buyuk Britaniyadagi Xalqaro seysmologiya markazida toʻplanadi va tahlil etiladi. Bu markaz jahondagi barcha Seysmik xizmat maʼlumotlarini koordinatsiya qiladi. Seysmik xizmat kuzatuvidan olingan maʼlumot natijalaridan Yer pusti va undan ham chuqurroq qatlamlarda boʻlayotgan geodinamik jarayonlarni, umuman Yerning tuzilishi va uning geofizik xususiyatlarini oʻrganishda foydalaniladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org