Seyiston




Seyiston , Sakiston (qadimda — Drangʻiyona) — Eron va Afgʻoniston chegarasida joylashgan tarixiy viloyat. Drangʻiyona nomi 1marta Bihistun kitobalariaya eslatilgan. Drangʻiyonaga sak qabilalari kelib joylashgani uchun (mil.av. 2-asr) Sakiston, keyinchalik S. deb atalgan. S. Mauriyalar imperiyasi, YunonBshtriya podsholigi (mil.av. 3—2-asrlarda) tarkibiga kirgan. Parfiya (mil. av. 3-asr—mil. 3-asr), Sosoniylar davlati (3—7-asrlar.), Arab xalifaligit tobe boʻlgan. 8—9-asrlarda xorijishar harakati markazlaridan biri. Yirik shaharlari: Zabol (Zobul) (Eronda), Zaranj (Afgʻonistonda). Aholisi (forslar, afgʻonlar, balujlar va boshqalar) dehqonchilik (bugʻdoy, arpa, paxta) va chorvachilik (tuya, qoʻy, echki) bilan shugʻullanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz