Sevinch Rahimova




Sevinch Rahimova  – Oʻzbekistonlik karatechi. U 2019-yili Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha 55 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yili Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtgan ''Islom birdamlik'' oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda u Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi ''Yozgi Olimpiya'' oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan ''Jahon Olimpiya'' saralash turnirida qatnashdi. U Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yili karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻldi.

Yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz