Sevinbeka




Xonzoda begim , Sevinbeka (? — 1411.3.11, Tus) — Xorazm malikalaridan biri. Oʻzbekxonning nabirasi. Xonzoda begim nomi bilan mashhur boʻlgan.

1374 yil Xonzoda begim izzat-ikrom bilan Samarqandga keltirilgan va Jahongir Mirzoga nikohlab berilgan. Ularning nikohidan Muhammad Sulton Mirzo tugʻilgan. 1376 yil Jahongir Mirzo vafotidan soʻng Xonzoda begim Amir Temurning 3-oʻgʻli Mironshoh nikohiga kirgan (1383). Mironshohdan Xalil Sulton Mirzo dunyoga kelgan. Xonzoda begim oʻtkir zehnli, aqlfarosatli hamda tadbirkorligi tufayli Amir Temur eʼtiborini qozongan. 1407-yilda Xonzoda begim Makkatullo ziyoratiga ketgan. Ziyoratdan qaytgach, Abdurazzoq Samarqandiynnng maʼlumotiga qaraganda oʻgʻli, Xalil Sulton Mirzoning oʻlimidan bir necha kun ilgari vafot etgan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz