Sevimli TV
Sevimli TV — 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Kanal oʻz nomini Caravan TV dan Sevimli TV ga 2017-yil 1-dekabrda oʻzgartirgan. Bugungi kunda kanalning egasi Firdavs Abduxoliqov.
Faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev „2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasi“ loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlangan media-haftalikning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Firdavs Abduxoliqov „Caravan TV“, „Zoʻr TV“, „Futbol TV“ telekanallari ish boshlash arafasida turganini aytdi. Koʻp vaqt oʻtmay 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshladi. Va keyinchalik oʻz nomini Sevimli TV ga oʻzgartirgan. Telekanal koʻrsatuv va dasturlari butun Oʻzbekiston boʻylab 24 soat davomida toʻxtovsiz efirga uzatiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org