Sevgil Musayeva
Sevgil Musayeva (ukraincha: Севгіль Мусаєва, qrim tatarcha: Sevgil Hayretdın Qızı Musaieva, Juma (shahar)) — Qrimlik jurnalist, „Ukrayinska pravda“ internet nashriyotining bosh muharriri va u Krym_SOS veb-portalini yaratish tashabbuskori hisoblanadi.
Biografiya
1987-yil 18-iyunda Samarqand yaqinidagi Juma shahrida tugʻilgan Sevgil 1989-yildaoilasi bilan Qrimga Sovet Ittifoqida Qrim-tatarlarga nisbatan qoʻyilgan cheklovlar bekor qilinganda qaytadi. Ular Qrim viloyatining Kerch shahriga joylashdilar. 2004—2010-yillarda Kiyev universiteti jurnalistika institutida tahsil olgan. Oʻsha davrda Musayeva „Ekonomichni novyny“, „Delo“, „Vlast deneg“ kabi turli biznes axborot agentliklari va nashriyotlarida ham ishlagan. Ushbu ish faoliyati davomida Sevgil Musayevaning hamkasblari oldida mavqeyi oshdi. U juda ham mehnakash, talabchan muxbir sifatida boshqalardan ajralib turar edi.
2011-yilning iyunidan 2013-yilning avgustigacha u Sergey Kurchenko tomonidan sotib olinmaguncha Forbes Ukrainada muxbir boʻlib ishlagan. Yevromaydon boshlanishi bilan Musayeva uning faoli boʻlgan va Facebookda Hubs loyihasi uchun hisobotlar yaratgan. Uning yaratgan hisobotlari hamma uchun tushinarli edi. 2014-yil fevral oyida u Hubsni alohida biznes yangiliklari veb-portali sifatida ishga tushirdi va uning bosh muharriri sifatida oʻz ish faoliyatini davom ettirdi. Qrim Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan keyin u Krym_SOS internet loyihasi asoschilaridan biriga aylandi. 2014-yil oktyabr oyidan Musayeva „Ukrainskaya pravda“ gazetasining bosh muharriri boʻlib oʻz ish faoliyatini davom ettirdi.
2016-yilda Sevgil Musayeva „Kyiv Post“ tomonidan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan nominatsiyalarda eng yaxshi 30 mukofotga nomzod boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org