Sevgi qulfi




Sevgi qulfi  — zabor, darvoza yoki boshqa shunga oʻxshash jamoat obyektiga abadiy sevgi timsoli sifatida juftliklar iladigan qulf. Mangu sevgi ramzi sifatida qulf ilish dunyoning koʻp shaharlarida udumga aylangan.

Tarixi




Sevgi qulflarining kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar mavjud. Yevropada sevgi qulflari 2000-yillarda paydo boʻla boshladi. Har bir joyda sevgi qulflari ilish udumi paydo boʻlishiga turli xil sabab bor va koʻp joylarda bu udumning paydo boʻlish sababi yoritilmagan. Shunday boʻlsa ham, Rimda joylashgan Ponte Milvio koʻprigiga sevgi qulflari ilish udumi paydo boʻlishiga italyan yozuvchisi Federico Moccianing „I Want You“ („Seni istayman“) kitobi sabab boʻlgan. Avtor bu kitobni keyinchalik „Ho voglia di te“ nomi bilan ekranlashtirgan. Vengriya poytaxti Budapeshtda joylashgan Erzsébet maydonida ham sevgi qulflari ilish uchun maxsus moslama oʻrnatilgan. Budapeshtda qulfni ilgan juftlarning aksari kalitni Dunay daryosiga irgʻitishadi.

Serbiyada joylashgan Most Ljubavi koʻprigiga (aynan „Sevgi koʻprigi“ — sevgi qulflari sabab shunday nomlanadi) sevgi qulflari ilish udumi Ikkinchi jahon urushidan avval paydo boʻlgan. Vrnjačka Banjalik mahalliy oʻqituvchi Nada Relja ismli ofitserni sevib qoladi. Ikkalasi birga boʻlishga qaror qilishganidan keyin Relja Gretsiyaga urushga ketadi va oʻsha yerda boshqa ayolni sevib qoladi. Shu sabab Relja va Nadaning fotihasi bekor qilinadi. Nada bu zarbadan oʻziga kelmaydi va bir oz vaqtdan keyin baxtsizligi sabab hayotdan koʻz yumadi. Vrnjačka Banjalik qizlar sevgililarini himoya qilish uchun oʻz ismlari bilan sevganlarining ismlarini qulflarga yozib Nada va Relja uchrashib yurgan koʻprikka ila boshlashadi.

Sevgi qulflari bilan bogʻliq afsonalar va ishonishlar



Baʼzi joylarda sevgi qulflari haqida afsonalar va turli ishonishlar mavjudga kelgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz