Seversov




Nikolay Alekseyevich Seversov (1827.20.10, Voronej — 1885. 26.1) — rus zoologi, zoogeografi va sayyohi. Moskva universitetini tugatgan (1846). Oʻrta Osiyoga bir necha marta sayyohat kilib (18571879), Tyanshan va Pomir togʻlari hamda Qizilqum choʻlini tadqiq qilgan; ularning faunasi, geografiyasi va geologiyasini oʻrgangan; Pomir orografiyasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga oid boy material yiqqan; Rossiya va Turkiston qushlarining tarqalishi va hayotiga oid tadqiqotlar olib borgan; qushlar kolleksiyasini toʻplagan. S. Palearktikani zoogeofafik rayonlashtirish prinsiplarini ishlab chiqqan. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi choʻqqi va muzliklar uning nomiga qoʻyilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz