Severskiy donets




Donets yoki Severskiy donets - Ukraina va Rossiya Federatsiyasidagi dare. Don daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 1053 km. Havzasining maydoni 98,9 ming km². Oʻrta Rossiya qirlariningjan. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida (Belgorod sh.gacha) toʻgʻonlar qurilgan. Oʻng sohili baland va tik. Havzasida eski oʻzan va botqoqlik koʻp. Asosiy irmoqlari: Oskol, Aydar, Kalitva. Qor suvlaridan toʻyinadi. Mart—aprelda toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 160 m³/sek. Dekabr—yanvarda muzlab, martning oxirida muzdan boʻshaydi. Donetsk shahrigacha kema katnaydi (222 km masofada). S.D.ning quyilish joyida yirik UstDonetsk porti bor. Dare boʻyida Belgorod, Chuguyev, Izyum, Lisichansk, Schastye, Donetsk, KamenskShaxtinskiy, Belaya Kalitva sh.lari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz