Severodvinsk




Severodvinsk (1938-1957-yillarda — Molotovsk) — Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyatidagi shahar (1938-yildan). Oq dengiz sohilida, Severnaya Dvina daryosining dengizga quyilish joyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 233,8 ming kishi (1998). Mudofaa, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari mavjud. Yoʻl mashinalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, tikuvchilik va parrandachilik fabrikalari, oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz