Severnaya zvezda




Severnaya zvezda “ (ruscha: Северная звезда, yaʼni „Shimoliy yulduz“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Oleg, Andrey, Kirill“ nomli studiyaviy albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini shoir Pavel Jagun yozgan, kuyini esa guruh prodyuseri Igor Matviyenko bastalagan.

Qoʻshiq 2003-yil „Pesnya goda“ tanlovi finalining saralash bosqichigacha yetgan. 2004-yil jamoa „Severnaya zvezda“ qoʻshigʻini rus xonandasi, „Fabrika zvyozd-1“ tanlovi ishtorokchisi Irina Toneva bilan ijro etgan. Qoʻshiq uchun klip suratga olinmagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz