Severin Freund
Severin Freund — (1988-yil 11-mayda tugʻilgan) nemis chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sobiq sportchi. U 2008-yildan 2022-yilgacha Jahon kubogi miqyosida ishtirok etgan va barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli changʻichilardan biri boʻlib, 2015-yilda umumiy Jahon kubogini qoʻlga kiritgan va 22 ta yakkalik Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan. Germaniya terma jamoasi aʼzosi sifatida Freund 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan va keyinchalik 2015-yilda ham katta tepalik, ham aralash jamoaviy musobaqalarda Jahon chempioni boʻlgan.
Faoliyati
Severin maktab davrlaridanoq darslardan soʻng mashgʻulotlarga qatnay boshlagan. Ilk urinishlaridanoq raqiblariga nisbata ancha farq bilan sakrashlarni amalga oshirgan. 2004-yil dekabr oyida Qitʼa kubogida debyut qilgan. Uning eng yaxshi natijasi 2008-yil sentyabr oyida Lillexammerdan qoʻlga kiritilgan gʻalabadir. 2008-yilda changʻi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoaviy bahsda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Severin 2007-yil dekabr oyida Engelbergda Jahon chempionatida debyut qilgan va 2011-yilgi mavsum oldidan uning eng yaxshi natijasi 2010-yil yanvar oyida Sapporodan 12-oʻrinni egallagani hisoblanadi.
2010-yil 2-dekabrda Oberstdorfdagi Toʻrt tepalik turnirining birinchi musobaqasida 6-oʻrinni egallagan. 2011-yilning 15-yanvarida Sapporodagi birinchi musobaqada jahon chempionatidagi ilk gʻalabasiga erishgan. Oʻsha mavsumda Freund Oslodagi Jamoaviy oddiy tepalik musobaqasida jamoa bilan uchinchi oʻrinni egallab, birinchi jahon chempionati medalini qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi jahon chempionati mavsumida esa yettinchi oʻrinni egallagan.
Rekord
Shimoliy changʻi boʻyicha XCHF Jahon chempionati natijalari
XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionati
Manbalar
uz.wikipedia.org