Seuldagi tiqilinch
Seuldagi tiqilinch — 2022-yil 29-oktabr shanba kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa. Ushbu fojia oqibatida 156 kishi halok boʻldi, 151 nafar odam tan jarohatlari oldi.
Tarixi
2022-yil 29-oktabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi Itxevon tumanida mahalliy vaqt bilan 22:00 da odamlar Halloween (talaffuzi: Hellouin) bayramini nishonlayotgan paytida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa. Seul markazida joylashgan Itxevon hududida tungi klublar va barlar joylashganligi sababli tadbirlar uchun mashhur joy xisoblanadi. Itxevondagi Xellouin tadbiriga 100 000 ga yaqin odam tashrif buyurdi. Bu COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mintaqada eng koʻp odam ishtirok etgan Xellouin festivali boʻldi. Olomon „Hamilton“ oteli yonidagi tor koʻchada bir-birini itarib tiqilnch holatni yuzaga keltirgan. Tiqilinch kengligi taxminan 4 m boʻlgan tor koʻchada boshlangan. U yerdagi yoʻl qiyalik joy boʻlgan. Ushbu hodisa Janubiy Korea tarixida 2014-yil sodir boʻlgan „Sevol“ paromini xalokatidan soʻng sodir boʻlgan yirik fojiadir. Ushanda 304 kishi (asosan yuqori sinf oʻquvchilari) halok boʻlgandi.
Voqeaga guvoh boʻlganlarning aytishicha koʻcha qiya holatda boʻlgan, shuningdek, koʻchaning asfalt qismi ham noravon boʻlgan.
Jabrlanganlar
Janubiy Koreyada Seul fojiasi munosabati bilan milliy motam eʼlon qilindi. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida 156 kishi halok boʻldi va 151 kishi jarohatlandi. Halok boʻlganlarning 22 nafari xorij fuqarolaridir. Ular orasida Oʻzbekiston (1 kishi), Qozogʻiston (1 kishi), Xitoy (4 kishi), Norvegiya, Rossiya (4 kishi) AQSh, Fransiya, Vyetnam, Shri-Lanka, Tailand, Avstriya va Eron (5 kishi) fuqarolari bor. Baxtsiz hodisa sabab Janubiy Koreya prezidenti milliy motam eʼlon qildi va favqulodda holat sodir boʻlgan joyga tashrif buyurdi.
Tergov
Guvohlarning aytishicha, Seuldagi fojia sabablaridan biri barlargav kirishning pullik boʻlgandir. Shu sababli koʻpchilik ichkariga kirmay, koʻchada turishgan.
Toʻlashga rozi boʻlganlar ham barga darhol kiritilmagan. Kirish joyida odamlarning hujjatlari, „dress-code“ qoidalariga rioya qilinganligi tekshirilgan. Politsiya ushbu barlarni tekshirishni boshlagan.
Baʼzilar xavfsizlik choralarini tashkil etishdagi xatolarni ham taʼkidlaydilar. Guvohlardan birining soʻzlariga koʻra, koʻchaning turli chekkalarida bir-ikki politsiyachi boʻlganida bu fojianing oldi olinardi. Ular oqimlarni yoyib yuborishar va tartibli harakatni taʼminlagan boʻlardi.
OAV yozishicha, 150 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan tiqilinch yuzasidan tergov doirasida Seul politsiya boshqarmasi va boshqa bir qancha boʻlimlarda tintuvlar oʻtkazildi.
Motam
Janubiy Koreya prezidenti 5-noyabrga qadar mamlakatda milliy motam eʼlon qildi. Butun mamlakat boʻylab Hellowen bilan bogʻliq barcha tadbirlar bekor qilindi.
Munosabat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu fojia munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga taʼziya yoʻlladi.
RF prezidenti Vladimir Putin Seulda koʻp sonli insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Isteʼfo
2023-yil 8-fevral kuni Janubiy Koreya parlamenti mamlakat konstitutsiyasining 75 yillik tarixida birinchi marta ichki ishlar vazirini isteʼfoqa chiqarish uchun ovoz berdi. Li Sang Min ushbu Xellouin bayramida 159 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan tiqilinch paytida yomon ishlagani sabali ishonchsizlikka uchragan edi.
Suratlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org