Setouchi (Okayama)




Setouchi (yaponcha: 瀬戸内市 Setouchi-shi?) ― Yaponiyaning Okayan prefekturasi janubiy qismida joylashgan shahar. 31-yanvar, 2023-yil(2023-01-31) holatiga koʻra, shahar aholisi 36 499 nafar kishini tashkil etmoqda. Shahar umumiy maydoni 125.45 km ni tashkil etadi.

Geografiyasi



Setouchi shahri Okayama prefekturasining janubi-sharqida, prefektura maʻmuriy markazidan sharqda joylashgan. Shahar janubiy tomonida Seto ichki dengizi va Setonaikai milliy bog'ining bir qismi mavjud. Geografik hududning katta qismi 100-300 metr balandlikdagi tog' va o'rmonlardan iborat.

Iqlimi



Setouchi subtropik iqlimga ega. Setouchida oʻrtacha yillik harorat 15.1 °C (59.2 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,150.6 mm (45.30 in). Eng nam oy iyul oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27.3 °C (81.1 °F) va eng past harorat yanvarda, taxminan 4.2 °C (39.6 °F) atrofida boʻladi. 2004-yil 30-iyulda Setouchida eng yuqori harorat 37.4 °C (99.3 °F) qayd etildi. Eng sovuq harorat −7.6 °C (18.3 °F) 1981-yil 27-fevralda qayd etildi.

Demografiyasi



Yaponiya statistika qoʻmitasi maʻlumotlariga koʻra, 2020-yilda Setouchi aholisi 36,048 kishini tashkil qilgan. Setouchi shahrida 1950-yildan buyon aholini ro'yxatga olish ishlarini olib borilmoqda.

Hukumat



Setouchi shahar hokimiyati mer va 18 a'zodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan. Shahar kengashi mer-kengash boshqaruv tizimida faoliyat koʻrsatadi. Setouchi shahridan Okayama Prefektura Assambleyasiga (OPA) bitta aʻzo saylanadi. Shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Okayama 2-okrugiga kiradi.

Iqtisodiyoti



Setouchi shahri aralash iqtisodiyotga ega bo'lib, qishloq xo'jaligi (guruch, qovoq, karam, qo'ziqorin, zaytun yetishtirish), va sanoat tarmoqlariga asoslangan.

Ta'lim



Setouchida to'qqizta davlat boshlang'ich maktabi, uchta o'rta taʻlim maktabi va Okayama prefekturasi ta'lim kengashiga qarashli bitta davlat o'rta taʻlim maktabi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz