Setora Farmonova




Sitora Farmonova  (1984-yil 20-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek film aktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchisi. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi. Farmonova yana rejissor Veit Helmerning „Baikonur“ (2011) filmida oʻynagan roli bilan taniqlidir. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U „Bahor-kuz“, qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda tanildi. Qoʻshiqqa muxlislar hamda tanqidchialr yuqori baho berdi.

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.

Hayoti



Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tugʻilgan. 13 yoshligida oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan. Uning ukasi va singlisi bor. Farmonova Sanʼat institutini bitirgan.

Ijodi



Sitora Farmonova oʻzbek, qozoq hamda qirgʻiz rejissorlarning bir qator filmida rol oʻynagan. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi.

Farmonova Veit Helmerning 2011-yil olingan „Baikonur“ filmida oʻynagan roli bilan xalqaro shuhrat qozondi. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir. Filmda Farmonova Nazira rolini oʻynagan. Nazira radio aloqlarni hamva fazogirlikni sevuvchi, oʻzini Gagarin deb atovchi bosh qahramon Iskandarni sevib qoladi.

Farmonova yana 2013-yil Qirgʻizistonda suratga olingan „Общага“ („Yotoqxona“) serialida ham rol oʻynagan. Serial yaxshi kutib olinda va aktrisa Qirgʻizistonda shuhrat qozondi.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U Oʻzining oʻzbek qoʻshiqchisi Mirjamol bilan aytgan „Bahor-kuz“ dueti bilan Oʻzbekistonda tanildi. Muxlislar va tanqidchilar qoʻshiqni yuqori baholashdi. Qirgʻiz qoʻshiqchisi Mirbek Atabekov bilan aytgan „Эки журок/Ikki yurak“ ashulasi „Общага“ („Yotoqxona“) seriali soundtrackiga kiritildi.

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. Jamoa turli mamlakat fuqarolari — tojikistonlik, oʻzbekistonlik, qozogʻistonlik hamda qirgʻizistonlik oʻyinchilardan tashkil topgan.

2016-yilgi mojaro



2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.

Diskografiyasi



Kliplari




Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz