Seth Griffith




Seth Griffith (talaffuzi: Set Griffit) (1993-yil 4-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey hujumchisi. Seth Griffith hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „Bakersfield Condors“ xokkey klubi bilan oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Seth Griffith dastlab Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili "London Knights" xokkey klubi bilan xokkey oʻynagan. Jamoa bilan Seth Griffith ketma-ket ikkita OHL chempionatida gʻolib chiqqan. Shu tariqa Seth Griffith ikkita Memorial kubogi turnirida qatnashagan.

Seth Griffithning NHLdagi birinchi goli 2014-yil 21-oktyabrda "San Jose Sharks" xokkey klubi darvozaboni Antti Niemi darvozasiga joylangan.

Seth Griffith 2015—2016-yilgi mavsumda ajoyib oʻyinlar koʻrsatdi, buning natijasida u ligada gol urish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan (shuningdek, u assistentlik boʻyicha birinchi boʻlgan). Seth Griffith jami 57 oʻyinda 77 ochko toʻplagan. Shundan soʻng, Seth Griffith 2016-yil 24-mayda klub bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolagan.

2016—2017-yilgi mavsum arafasida Seth Griffith "Toronto Maple Leafs" xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan. „Leafs“ klubi bosh direktori yordamchisi Mark Hunter edi. Hunter ilgari Seth Griffith bilan „London Knights“ xokkey klubida ishlagan. 2016-yil 12-noyabrda Seth Griffith "Florida Panthers" xokkey klubi safiga qoʻshilgan.

2017-yilning 1-iyulida Seth Griffith „Buffalo Sabres“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik, bir tomonlama 650 000 dollarlik shartnoma imzoladi. Seth Griffith 2017—2018-yilgi mavsum davomida klub safida 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ochko toʻplashga muvaffaq boʻlgan.

„Sabres“ klubini tark etganidan soʻng, Seth Griffith erkin agent sifatida 2018-yil 1-iyulda „Winnipeg Jets“ jamoasiga bir yillik ikki tomonlama 650 000 dollarlik shartnoma asosida qo‘shilgan.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz