Sessiya
Sessiya (lotincha: sessio — yigʻilish) — 1) vakolatli organlar (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat kengashi), sud, ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlarining yigʻilish oʻtkazayotgan davri. Vakolatli organlarning Slari bir yilda necha marta chaqirilishi qonun bilan belgilanadi. Bundan tashkari navbatdan tashqari, favqulodda Slar ham chaqirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonunning 10moddasiga koʻra, Qonunchilik palatasining navbatdagi Slari, kritsa tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi; 2) birjalar faoliyatining tashkiliy shakli. Kun davomida savdo qilish uchun belgilangan qatʼiy vaqt birja Slari deyiladi. S.lardan oldin yoki keyin tuzilgan savdo bitimlari haqiqiy hisoblanmaydi va roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Ushbu qoidani buzgan savdo qatnashchilariga jarima solinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org