Sesame Street




Sezam koʻchasi (inglizcha: Sesame Street ) komediya janridagi bolalar teleserialidir. Sesame Workshop (eski nomi Childrenʼs Television Workshop) studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Joan Ganz Cooney va Lloyd Morrisett tomonidan yaratilgan. 1969-yilning 10-noyabrida PBS telekanalida birinchi marta efirga uzatilgan. Tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. Serial Oʻzbekistonda Aqlvoy telekanalida 2022-yildan beri uzatilib kelinmoqda.

1996-yilda oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, AQShda maktabgacha yoshdagi bolalarning 95 foizi Sezam koʻchasi serialini uch yoshga toʻlgunlariga qadar tomosha qilishgan. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, serial shu kungacha 205 ta Emmy mukofoti hamda 11 ta Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan.

Ovoz berganlar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz