Serviz
Serviz (fransuzcha: service — „xizmat qilish“, taom tayyorlash va berish, lotincha: servire — xizmat koʻrsatish, yordam berish) — maʼlum miqdordagi odamlar uchun zaruriy turlarni oʻz ichiga olgan ovqat, choy yoki qahva idishlari. Sanʼat va hunarmandchilikda, utilitar va badiiy jihatdan kompozitsiyani tashkil etuvchi stol buyumlari toʻplami. Funksiyasiga koʻra, toʻplamlar ovqatlanish, shirinlik, choy, qahva uchun boʻladi. Idishlari soni boʻyicha — katta, tantanali (masalan, rus chinnisining mashhur „Orden servizi“), koʻpchilik uchun moʻljallangan va kichik boʻladi. Kichik choy yoki kofe servizlari „dejené“ deb ataladi (fr. déjeuner — nonushta). Ikki kishilik idishlar — „tete-a-tete“ (tête-à-tête — yuzma-yuz) deyiladi. Bir kishilik serviz „egoist“, gohida „solityor“ deb ataladi (fr. Solitaire — yolgʻiz, alohida). Bir kishiga stolda ovqatlanish uchun taqdim etiladigan buyumlarning toʻliq toʻplami (idishlar, oshxona anjomlari, aksessuarlar) kuvert deb ataladi (fransuzcha: couvert).
XVIII-XIX asrlardagi chinni, billur va kumushdan yasalgan tantanali (saroy) servizlarda amaliy buyumlardan tashqari turli xil stol bezaklari mavjud edi: idish javonchalari, xushboʻylashtirgichlar, koʻkatdonlar, koʻpqavatli tarelkalar, kabarelar va plademenajlar. Bunday buyumlar stolning oʻrtasiga (fr. surtout de table) yoki birga qoʻyilgan stollar oʻqi boʻylab bir chiziqqa oʻrnatilgan (fillet; fr. fayl — ip, qator). Lichik xizmat stolchalari — desert, geridon yoki dam-veyterlar tantanali stol buyumlariga kirgan. Stolning kompozitsion markazi, koʻpincha, chinnidan yasalgan, baʼzan murakkab, koʻp figurali, ramziy maʼnoga ega boʻlgan haykaltaroshlik kompozitsiyasi boʻlishi mumkin edi: „Desert-Triumf“ yoki „Stol oʻrtasida idish“ (ing. Table Centrepiece).
Serviz turlari
Foydalanish boʻyicha
Tayyorlangan materiali boʻyicha
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org